Bir oshiqjon berayotgan paytda yig‘lardi. Undan buning sababini so‘radilar. Dedi:
– Shuning uchun yig‘layotirmanki, dilim U bilan birga bo‘lgach, qanday qilib o‘larman?
Yo‘ldoshi dediki:
– Diling u bilan birga ekan, agar o‘lsang, bu ajoyib o‘lim bo‘ladi.
Oshiq dedi:
– Kimnikim dili Alloh bilan birga bo‘lsa, agar u o‘lsa ham, biroq o‘lim unga ravo emas. Dil U bilan visol etsa, uning o‘lishi maholdir.
Agar ana shu sir bilan shod bo‘lsang, jahonga ham sig‘ishing dargumon. Har kimki Uning borligidan dili shod bo‘lsa, borlig‘idan mahv bo‘lib, ozod bo‘ladi. Abadiy shodlikni Do‘stdan olgin va gul kabi g‘uncha o‘rami ichida yashirinib ol.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.