Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi:
— Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi.
Odam aytdi:
— Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar.
— Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku?
— To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan