Yam yashil adirda shildirab irmoq oqardi. Bir kun irmoq chetidagi toshlar orasida sichqon bilan qurbaqa uchrashib do‘stlashib qoldi. Bu do‘stlik kun sayin kuchaydi. Shu darajaga yetdiki, oqshom cho‘kib, kun botgach sichqon qoyaning kovagiga, qurbaqa esa suv tubiga tushar, tong otishini intiq bo‘lib kutishardi. Sichqon o‘ylay-o‘ylay, nihoyat bir chora topdi. Qurbaqaga: “sevikli qurbaqa, qadrli do‘stim, seni sog‘inib, tunlarim uyqusiz kechmoqda. Har holda sen ham meni o‘ylab beoromdirsan. men chora topdim. Mana bu ipni olib, bir uchini dumimga bog‘layman. Kech kirdi deguncha sen suvga sho‘ng‘iysan, men ham uyamga kirib ketaman. Agar tunlari ko‘rishishni istasak, ipni tortamiz va ko‘rishamiz”, dedi.
Qurbaqa bu taklifga oldin biroz e’tiroz bildirdi, keyin rozi bo‘ddi. Ular bir ipga bog‘landilar. Oradan bir necha kun o‘tdi. Bir kun qarg‘a sichqonni ko‘rdi va qoyaning kovagiga kirib bekinib oldi. Kech kirgach, qarg‘a sichqonni changallab osmonga ko‘tarildi. Tabiiyki, qurbaqa ham birga edi. Sichqon dumiga bog‘langancha havoga sollanib shunday deb baqnrardi:
“Hayhot! har kim o‘z tengi bilan do‘st bo‘lsin!”
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan