Podshoh bilan dehqon

Qish kunlarining birida podshoh odamlari bilan ovga chiqdi. Bir kiyikning izidan quvlab uzoqlarga ketib qolishdi. Qech kirgach, qo‘noq yerlariga qaytolmadilar. Nariroqda bir dehqonning uyini ko‘rib qolgan hukmdor:
–Kelinglar, o‘sha uyga borib isina qolaylik, nima dedingiz? – deya so‘radi odamlaridan. Uning yonida turgan vaziri:
–Shohim, oddiy dehqonni kulbasiga borib isinish, sha’ningizga to‘g‘ri kelmaydi. Men siz uchun shu yerda chodir qurib, olov yoqaman, – dedi.
Podshoh odamlari bilan, dehqonning uyi yaqinida chodir qurib, u yerga joylashishdi. Buni ko‘rib turgan dehqon, hayron bo‘ldi. Bir ozdan so‘ng taom tayyorlab podshoh huzuriga olib chiqdi. Odob bilan egilib salom bergach:
–Hukmdorimning yuksak martabalari mening kulbai vayronamga qadam ranjida qilishlari bilan kamayib qolmasdi. Lekin bir dehqonning sharafini yuksalishini istamadilar.
Uning gaplarini eshitgach, podshoh xursand bo‘lib, odamlari bilan birga dehqonning uyiga borishdi. O‘sha kechani dehqonning uyida o‘tkazishdi. Ertasi kuni podshoh ketar vaqtida dehqonga ehsonu hadyalar berdi. Bundan sevingan dehqon, shohni ulug‘lab shunday dedi:
– Bir dehqonning uyiga kelish bilan sultonning sharafidan hech narsa ozaymadi. Ammo, siz kabi bir podshohning soyasi tushishi bilan, dehqonning kulohi quyoshga ulashdi.

Hikmat

Yo‘qsil shohdan tashrif kutar. Sharafli, e’tiborli, foydali hurmatning bahosi bir kishi bir yo‘qsilga borsa, yo‘qsil undan katta bir baxt tuyadi.

“Guliston”dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi