Bir vayrona burchagida bechora va g‘arib bir devona yotardi. Bir nomdor shayx uning yoniga bordi.
Shayx dedi:
– Sening siymongda bir ulug‘lik ko‘rib turibman. Bu ulug‘liging barobarida o‘zingga yarasha suhbatdoshlaring — jamiyating ham bormi? Jamiyati bor odamda osudalik ham bo‘ladi.
Devona dedi:
– Odamlar bilan qanday suhbat qilayinki, burga bilan pashshadan qutulolmayman. Mening «suhbatdoshlarim» shular. Kunduz kunlari pashsha azob bersa, kechalari burgalar qonimni so‘rib uyqu bermaydi. Namrudning boshiga yarim pashsha qo‘nib, uning Allohdan qaytgan boshining mag‘zini yeb tugatdi. Men shu zamon Namrudimanmi, Alloh mening boshimga pashsha, chivin va burga lashkarini yuboribdi.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.