Abu Ali Ibn Sino madrasada o‘qib yurgan vaqtida saboqdosh do‘stlariga:
— Men tug‘ildimu olamni parcha-parcha holda ko‘rdim, — debdi.
O‘rtoqlari ajablanib, Abu Alining onasidan “Shu rostmi?” deb so‘rashibdi. Sitora bonu to‘g‘risini aytibdi:
— Men chaqaloqni hovliga olib chiqqanimda boshi uzra g‘alvir bilan quyoshni to‘sib turgan edim.
Muhammad Ibn Sulaymonning “Qissatu-l-ulamo” asaridan Mahkam Mahmud tarjimasi