To‘rtta musulmon hindi masjidda namoz o‘qiy boshlashdi. Ittifoqo, ichkariga muazzin kirdi. ibodat mahali gaplashish, o‘ngga chapga qarash namoz qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo ulardan biri yonidagi do‘stidan so‘radi:
— Ajabo muazzin azon aytdimi yoki namozga hali vaqt bormi?
Do‘sti namoz o‘qiy turib o‘zini tutolmay javob berdi:
— Jim bo‘l, namozda gaplashilmaydi! Namozing buziladi.
Uchinchi hind ikkinchisiga tanbeh berdi:
— Nega gapga aralashasan? Aslida o‘zingga qara. Sen ham gapirding, sening ham namozing buzildi.
To‘rtinchisi luqma tashladi:
— Namozlaring buzildi. Xudoga shukrki, men jim turdim.
Aslida to‘rttalasining ham namozi buzilgan edi.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan