Nafs yirtqich arslon kabidir

Kimsasiz o‘rmonda haybatli bir arslon yashar edi. O‘rmondagi barcha hayvonlar undan bezor bo‘libdi. Bunday hayot kechirishdan qutulish uchun chora izlashibdi. O‘ylab o‘ylab, arslonga elchi jo‘natishibdi. Elchi:
— Ey o‘rmonlar qiroli arslon… Har kun oramizdan birimizni tutib yemoqtasan. Bunga noroziligimiz yo‘q; shu sabab ovora bo‘lmasdan o‘z taxtingda o‘tir, biz senga har kuni oramizdan birini olib kelamiz. Sen esa uni maza qilib yeysan. Shunda hammamiz umrimizni huzurda o‘tkazamiz…, debdi.
Bu taklif arslonga yoqib tushibdi va qabul qilibdi.
Endi har tong bir hayvon unga taslim bo‘lar ekan. Kunlarning birida navbat quyonga kelibdi. Hayvonlar:
— Ey voh endi ne qilamiz, qismatimiz shu ekan. Barchamizning rohatimiz uchun birimiz o‘lmog‘imiz darkor. Qani, vaqt o‘tkazmasdan yo‘lga tush. Arslonning.g‘azabini qo‘zg‘atmaylik, deyishsa ham, quyon yo‘lga tushmabdi. Hayvonlar ko‘rqib, unga yalina yolvora zo‘rg‘a yo‘lga tushirishibdi.
Quyon bemalol, vaqt o‘gkazib, shoshilmay arslonning yoniga kelibdi. Ochlikdan ko‘zi to‘rt bo‘lgan arslon o‘dag‘aylabdi:
— Qayerlarda qolib ketding? Nega kechikding? Quyon bo‘lsa yolgondakam qo‘rquv bilan terlarini artibdi va bo‘ynini quyi solib debdi:
“Janobi oliylari, men sizga hurmatsizlik qilganim uchun kech qolmadim, aksincha ertalab vaqgli yo‘lga chiqdim, ammo bir arslon yo‘limni to‘sdi, uning changalidan qutulish qanchalik qiyin bo‘lganini tasavvur ham qila olmaysiz”.
Arslon g‘azablanib so‘rabdi:
“Kim bo‘ldi u gustoh? Bu o‘rmonda birgina mening hukmim o‘tadi. Kim ekan u, tezroq ayt?”
Quyon mamnun holda narigi arslonni maqtabdi, buning esa battar achchig‘i kelibdi. . Arslon chiday olmabdi:
“Oldimga tush, menga ko‘rsat u pastkashni!” debdi. Yo‘lga tushishibdi. Quyon uni bir quduq tepasiga olib kelibdI: “Sultonim, u mana shu quduq ichida. Unga qarang, qanday dahshatli”.
Arslon hayajon bilan quduqqa qarabdi. Suvda aksini ko‘ribdi. Quduq ichidagi aksiga karab o‘shqiribdi, aksi ham o‘shqiribdi. Quyon fursatni boy bermay:
“Ko‘rdingizmi, afandim? Sizni olishuvga chaqirayapti”, debdi. G‘azablangan arslon:
“Bir diyorda ikki sulton bo‘lmas, parchalab tashlayman uni”, deb o‘kiribdi va o‘zini quduqqa tashlabdi.
Har narsaning oxiri bor. Quyon ko‘m ko‘k o‘tloqlarda sakrab sakrab hayvonlarga xush xabarni yetkazibdi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan