Hazrati Anas (r.a.) dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) bilan birga (o‘rgan) edik. Bir payt u zot tishlari biroz ko‘rinadigan darajada kulimsiradilar. Sababini so‘raganimizda shunday marhamat qildilar:
— Ummatimdan ikki kishi Alloh huzuriga boradilar.
Ulardan biri:
— Ey Rabbim, mening bu insonda haqqim bor, haqqimni undan olib ber, — deydi. Alloh taolo ham haligi insonga “Buning haqqini ber”, — deb buyuradi. U odam:
— Ey Rabbim menda savob deb atashga arzirli hech bir narsa qolmadi,— deydi. Janobi Haq
— Qara, bu insonning savobi qolmabdi, nima deysan, — deb so‘raydi. Haqqini talab qilayotgan inson javob beradi:
— U holda mening gunohlarimdan olsin.
Suyukli Payg‘ambarimiz shu gaplarni aytarkan, ko‘zlari yoshlandi va “U shunday buyuk bir kundirki, bu kunda insonlar gunohlari olinishinin istab qoladilar” ,— dedilar.
Shunda Alloh taolo haq egasiga buyurdi:
— Boshingni ko‘tar va jannatga boq! U odam:
— Ey Yaratgan Egam, inju bilan ishlangan, kumush va oltindan barpo qilingan ko‘shklarni ko‘ryapman. Bular qaysi payg‘ambar, qaysi siddiq yoki bo‘lmasa qaysi shahidlarga atalgan,— deydi havas bilan. Alloh subhanahu va taolo javob beradi:
— Bular menga haqqini berganlarga atalgan. U odam:
— Bularning haqqinin kim to‘lay oladi?— deb so‘raydi. Alloh taolo aytadi:
— Agar istasang, bularning sohibi sen bo‘la olasan. Haqqini talab qilayotgan inson so‘raydi:
— Qanday qilib, ey Allohim?
— Haqqingni bu odamga bag‘ishlash orqali,— deb javob beradi Janobi Haq. Haq egasi:
— U holda bu insonni kechirdim,— deb ayutadi. Alloh Haq Subhanahu va taolo ham:
— Do‘stingni olib birgalikda jannatga kiringlar,— deydi.
So‘ngra Janobi Payg‘ambarimiz (SAV) dedilar:
—Allohdan qo‘rqingiz va Sizlar ham bir-biringizni orangizni isloh qilinglar. Ko‘rmaysizlarmi, Alloh taoloning O‘zi mo‘minlar orasini isloh qilyapti.