Ikki tulki bir-biri bilan yaqinlashib, qo‘shiddilar, bas, juftlashib ishrat qildilar. Bir podsho ovga chiqib cho‘lda itlarini yugurtirdi. Bul ikki tulkini bir-biridan judo qildi.
Modasi naridan so‘rardi:
– Ey teshik izlovchi, ayt, biz yana qayerda bir-birimizga yetishamiz?
Nar dedi:
– Agar biz umrdan yana bahramand bo‘lsak, shahardagi po‘stin tikuvchilar do‘konida yana uchrashamiz.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.