Bir go‘rkov uzoq umr ko‘rdi. Bir kishi undan so‘radi:
– Menga ayt-chi, sen umr bo‘yi go‘rkovlik qilding. Tuproq ostida nima ajoyibotlar ko‘rding?
Dedi:
– Shuni ko‘rdimki, nafsimning iti yetmish yil go‘r qazidi, ammo o‘lmadi, bir nafas farmonimga bo‘yin egmadi, toatda o‘tirmadi, mening holimga boqmadi, nolamni eshitmadi.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.