Bir oliy maqom devona bor edi. Xizr unga qarab dedi:
– Ey komil mard, menga do‘st bo‘lishni xohlaysanmi?
Devona dedi:
– …Sen bilan mening ishim yo‘q. Negaki, sen joningni uzoq saqlash, ya’ni abadiy umr ko‘rish uchun tiriklik suvini ichgansan. Men esa jonni tark etishni istab turibman, chunki jononsiz jonimdan halovat topolmayapman. Sen kabi jonni saqlashga tirishmayman, balki har kun jonni fido qilishga tayyorman. Yaxshisi shuki, qushlar tuzoqdan qochganday, men va sen bir-birimizdan uzoqpashaylik, vassalom.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.