Bir kishining so‘fiydan ahvol so‘ragani

Bir nomi chiqqan odam so‘fiydan so‘radi:
– Ey birodar, ro‘zg‘oring qanday o‘tayapti?
So‘fiy dedi:
– Men bir gulxan ichra bog‘lanib qolganman. Og‘zim quriq, ammo etaklarim ho‘l holda banddadirman. Bo‘ynimni sindirmasinlar, deb bu yerda biror kishining panjasini sindirmadim (ya’ni, hech kimga ozor bermadim). Agar dunyoda hamma vaqt xursandchilik istasang, u holda sen go‘yo uyqudasan va tushingni so‘zlab turgandaysan. Agar shodlik istasang, oldin ehtiyot bilan ish ko‘rib, sirot ko‘prigining naryog‘iga o‘tib ol. Olam ko‘chasi-da xursandlik yo‘q. Chunki bunda xursandlik, beg‘amlikdan nomu nishon yo‘q.
Sarkash va mast nafs olovday seni komiga tortadi, shu sharoitda qanday qilib shodlik, xotirjamlik bo‘lsin? Mohiyatga diqqat bilan qaraydigan zakovatli odam bo‘lsang, ko‘rasanki, dilxushlik yetuk insonlar nasibasi emas.

Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.