Bir g‘ofil — ma’rifatsiz odam bir darvesh oldida Iblisdan o‘pkalab (shikoyat qilib) gapirdi.
Dediki:
— Iblis meni vasvasaga solib yo‘ldan ozdiradi. nayrang va shumlik bilan mening niyatimni buzadi.
Darvesh dedi:
— Ey aziz o‘g‘lon, Iblis bundan oldin ham bor edi, voqean bu dunyo bino bo‘libdiki u bor. U sendan ozod edi, biroq senga o‘xsha-ganlar zulmidan dod der edi. Iblis hozir shu yerda, u deydiki: dunyo — mening mulkim, dunyoni do‘st tutgan kishi men bilan, ammo dunyoni o‘z dushmani deb bilgan kishi men bilan emas. Sen ul o‘g‘longa aytgin: mening mulkimdan qo‘l tortsin va yo‘liga ravona bo‘lsin. Agar mening dunyomga aralashmasa indamayman, lekin agar aralashsa — diniga chang solaman. Kimki mening mulkim — yerimdan tashqari chiqsa u bilan ishim yo‘q, vassalom».
Fariduddin Attorning «Mantiqut-tayr»idan.

