Bir devonaning savoli

Bir kishi devonadan:
– Bu ikki olam o‘ylab ko‘rsang, nimadir, – deya so‘radi.
Devona dedi:
– Ikki olamning biri yuqorida, biri pastda, ammo ma’noda go‘yoki bir qatra suvday, uni yo bor deb, yoki yo‘q deb o‘yla*.
Eng avval suv olamni oshkor qildi. Bu jahon bir qatra suv va u yuz ming rangu suratdadir. Suv yuziga qurilgan har bir imorat, agarchi temirdan bo‘lsa ham, bir kun qulab, xarob bo‘ladi. Holbuki, temirdan qattiq narsa yo‘q, boqsang – u imoratni suv ustida tik tutadi. Nimaiki suv ustiga bunyod etilgan bo‘lsa, u temirdan bo‘lsa ham, tush kabi o‘tkinchi va xayoldir. Hech kim suvning bir joyda mustahkam turganini ko‘rgan emas, suv yuzasida tiklangan narsa ustivor bo‘ladimi, axir!

Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.