Bir dardli odam shayx Shibliy oldida yig‘lar edi. Shayx undan:
– Nima sababdan yig‘layapsan? – deb so‘radi.
Ul dedi:
– Ey shayx, bir do‘stim bor edi, uning jamolini ko‘rib xushnud bo‘lardim. O‘shal do‘stim o‘ldi, uning g‘amida men ham o‘layotibman. Chunki uning firoqi dunyoni ko‘zimga qorong‘u qilib qo‘ydi.
Shayx dedi:
– Shundan ko‘ngling o‘ksigan bo‘lsa, sening jazoying shudir. Sen shunday do‘st tanlaginki, u o‘lmaydigan bo‘lsin va o‘zing ham bunaqa alam chekmaydigan bo‘lgin. O‘limdan nuqson topadigan do‘stlik o‘tkinchidir, u joningni g‘amga to‘ldiradi. Kimki surat ishqiga mubtalo bo‘lsa, u shu surat tufayli balolarga giriftor bo‘ladi. O‘sha surat qo‘ldan chiqqandan keyin, u judolikdan qonlar yutadi.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.