Misrda bir oliy himmatli kishi bo‘lib, u ma’no olamining sohib davlati edi. Unda aysh-ishrat qihsh uchun ja’miki narsa tayyor edi. Bu borada nimani o‘ylagan bo‘lsang, unda bundan yuz marta ortiq bor edi. U jannatmakon qasr ichida manzil tutgan bo‘lib. hurlar kabi eo‘zal bir mahbuba bilan ulfat edi. Lekin u oliy sifatli pok zot bularning barchasiga beiltifot qarardi. Hajr zindonida qolgan Yusuf kabi unga ham doimo dard va g‘am chekish yor edi.
Undan so‘radilar:
— Ey ko‘ngli qayg‘uga sherik bo‘lgan pok zot. Bizga bu yashirin siringni ravshan et! Senda shuncha ko‘ngil ochuvchi shodlik asboblari muhayyo bo‘la turib, nechun xotiring xurram emas? Nechun g‘amdan o‘zga narsani ko‘ngling hamdam etmaydi.
U shunday dedi:
— Yo‘l ahli uchun bu jahon zindondir, chunki uning istagani ko‘zdan yashiringan. Asosiy ish shuki, inson ko‘ngil istaganiga yetishga qadar barcha yo‘lni bosib o‘tishi lozlm. Zindonda ham kishi xurram bo‘ladimi?! Kishi g‘amxonada beg‘am o‘tira oladimi? Men haqiqiy yorimdan ayriliqda armon chekaman, shuning uchun garchand Eram bog‘ida bo‘lsam-da, o‘zimni zindonda deb hisoblayman. Uning vasli gulzoriga yetishmagunimcha g‘am tashvishidan xalos bo‘la olmayman.
Alisher Navoiyning “Lisonut-tayr” asaridan.