Adolat mushti

Xasta bo‘lgan bir odam shifokorga:
— Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi.. Hech umid yo‘q. O‘limi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, ko‘ngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yo‘q, dedi.
Bemor xursand, ko‘ngli xohishiga ko‘ra daryo bo‘yiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz qo‘lini yuvyapti. Taqir boshini ko‘rishi bilan bir tarsaki urgisi kedtsi. Aslida shifokor ham: “Ko‘ngling nima xohlasa shuni qil”, degan edi. Shunday qilmasa, dardi og‘irlashadi. Qo‘lini ko‘tarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan saqrab turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi bo‘ldi. So‘ngra e’tibor bersa, eti suyagiga yopishgan bir jasad… Ursa yiqilib o‘ladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni so‘rayman. Qozi bir darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yo‘q… Ichi achidi. shikoyatchiga:
— Ko‘rmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar o‘lik hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu da’voyingdan,  dedi.
Darvesh da’vosida qatiy turdi:
— Mening hech bir gunohim yo‘q ammo urgani aniq, o‘lik bo‘lsin, tirik bo‘lsin, men adolat istayman,  dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday bo‘lsa  deb, bemor odamdan so‘radi:
— Oz bo‘lsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yo‘q Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami o‘zingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham yo‘qsul..
Qozining bu hukmiga bemor g‘azablandi. Aslida qozining ham tumshug‘iga bir musht tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan, qolgan uch dirhamni ham qrziga beraman deb o‘yladi va o‘rnidan turib qozining tumshug‘iga bir musht tushirdi.
Qrzi g‘azab bilan sapchib o‘rnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblary, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. O‘zingiz uchun ravo ko‘rmagan hukmni birovga qanday ravo qo‘rasiz? Shu olti dirhamni oling, ikkingiz bo‘lishing,  deya mahkamadan chiqib ketdi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan