“Egasini kekkaytirgan necha-necha bashang poyabzallar ichida yirtiq paypoqlar ham bor”

Har qancha ajoyib va buyuk bo‘lmagin, hamma odamlar seni birdek yaxshi ko‘rishi amri maholdir. Najib Mahfuz

* * *

Odamlar burchlarini unutishga, huquqlarini eslashga moyil bo‘ladilar. Indira Gandi

* * *

Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda. Paulo Koelo

* * *

Aqlli kishi johilga xuddi tabib bemorga xitob qilgandek xitob qilishi kerak. Suqrot

* * *

Egasi faxrlanayotgan qanchadan-qancha bashang poyabzallar ichida yirtiq paypoqlar bor. Suqrot

* * *

Maktab-madrasalar gullab-yashnasa, barcha narsa gullab-yashnaydi. Martin Lyuter King

* * *

Agar sen faqat nur orqali zohir bo‘lgan narsanigina ko‘rib, ovozlar orqali yetib kelgan narsanigina eshitayotgan bo‘lsang, haqiqatda ko‘rmas va eshitmas ekansan. Jubron Xalil Jubron

* * *

Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan adolat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan muhabbat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Agar Vatan himoya, adolat va muhabbatdan xoli bo‘lsa, fuqarolar musofirga aylanib qoladi. Mustafo Amiyn

* * *

Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasaladi. Bitta gugurt donasi bilan millionlab daraxtlarga o‘t qo‘yiladi. Shuning uchun hayotingdagi millionlab ijobiy ishlaringga ta’sir qilmasligi uchun bitta ham salbiy ish qilma! Doktor Ibrohim Fiqiy

* * *

Allohdan boylik so‘radim. U menga Islomni berdi. Muhammad Ali

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi