Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday ko‘rinishi kerak.
* * *
Agar sizda bitta olma, menda bitta olma bo‘lsa va biz ularni alishsak, har ikkimizda bittadan olma qoladi. Agar menda bitta g‘oya, sizda bitta g‘oya bo‘lsa va biz ularni alishsak, ikkovimizda ham ikkitadan g‘oya bo‘ladi.
* * *
Dunyo ishlamay pul topishni istaydigan bekorchilar, boyimasdan ishlashga tayyor nodonlarga to‘lib yotibdi.
* * *
Yoshligimda yozganlarim to‘kis emasligidan jahlim chiqardi. O‘zimning birinchi qadamlarimni boshqalarning so‘nggi qadamlari bilan solishtirar va, tabiiyki, katta farqni ko‘rib qayg‘uga tushardim.
* * *
Baxt ortidan quvib, uni topgan odam burni ustida turgan ko‘zoynagini qidirib, so‘ng topib sevingan kampirga o‘xshaydi.
* * *
Yolg‘onchiga berilgan jazo unga boshqalar ishonmay qo‘ygani emas, u boshqalarga ortiq ishona olmasligidir.
* * *
Jamiyatga optimistlar ham, pessimistlar ham hissa qo‘shadi. Optimist samolyotni o‘ylab topgan bo‘lsa, pessimist parashyutni ixtiro qilgan.
* * *
Eng muhimi – qalbingda tartib o‘rnatish. Uchta narsaga amal qilamiz: nolimaymiz, ayblamaymiz, o‘zimizni oqlashga urinmaymiz.
* * *
Hamma narsaga ulguradigan odamlar hech qachon dangasalik qilmaydilar, kerakli shart-sharoitni qidiradilar. Agar sharoit yo‘q bo‘lsa, o‘zlari yaratadilar.
* * *
Baxtni ishlab chiqarmay turib iste’mol qilishga haqqimiz yo‘q.
* * *
Zarbangga javob bermagan odamdan qo‘rq: u seni hech qachon kechirmaydi, kechirish uchun o‘ziga o‘zi izn bermaydi.
* * *
Tasavvur ijodning boshlanishidir. Istaganingizni tasavvur qilasiz; tasavvur qilganingizni istaysiz; va nihoyat, istaganingizni yaratasiz.
* * *
Odamlarning 2 foizi – o‘ylaydi, 3 foizi – o‘ylayapman deb o‘ylaydi, qolgan 95 foiz uchun esa o‘ylagandan o‘lgan afzal.
* * *
Agar o‘rganishni istamasang, hayot hech narsani o‘rgatmaydi.
* * *
Erkaklarni seving. Sizning sevgingiz ular uchun juda zarur. Hatto ular buni hech qachon tan olmasalar ham. Har qanday buyuk erkakning ortida unga ishongan va chinakamiga sevgan ayol bor.
* * *
Ideal erkak o‘z ayolini ideal deb hisoblovchi erkakdir.
* * *
Unvonlar mamlakat uchun katta xizmat qilgan odamlar haqida xalqni xabardor qilish uchun o‘ylab topilgan.
* * *
Erkak yoki ayolning tarbiyalanganlik darajasi janjal paytida yaqqol namoyon bo‘ladi.
* * *
Odam mamlakat va insoniyat uchun qilishi mumkin bo‘lgan eng katta xizmat – bolalarini tarbiyalashidir.
* * *
Optimistlarning orzulari ushaladi. Pessimistlarning qo‘rquvlari.
* * *
Erkak va ayolning do‘stligi bu – yo sobiq, yo bo‘lajak xushtorlarning munosabatidir.
* * *
Sog‘lom odam umurtqasi borligini bilmaganidek, sog‘lom millat ham millatchilikni bilmaydi.
* * *
Imonsiz odamlar zamonaviy jamiyatda axloqsiz va pulga muhtoj ayoldan ham xavfliroqdir.
* * *
G‘azabga mingan har daqiqangizda baxtning oltmish soniyasini boy berasiz.
* * *
Hislar odamni fikrlashga majbur qiladi, lekin fikrlar hech qachon his qilishga majbur etolmaydi.
* * *
Faoliyat – bilimga yagona yo‘l.
* * *
Hayot o‘zingni topishdan emas, o‘zingni yaratishingdan iborat.
Omad Valiyev tarjimasi.
«Yoshlik» jurnali, 2017 yil, 1-son