Rossiyalik maktab bitiruvchilari o‘qib chiqishi shart bo‘lgan 100 ta kitob

Rossiya federatsiyasi ta’lim va fan vazirligi mamlakat tarixi, madaniyati va adabiyoti bo‘yicha har bir o‘quvchi mustaqil o‘rganishi kerak bo‘lgan 100 ta kitobni tavsiya etdi.

Ushbu ro‘yxatning tuzilishi («Putin ro‘yxati» nomi bilan ham mashhur) RF prezidenti Vladimir Putinning 2012 yili «Nezavisimaya gazeta»da chop etilgan «Rossiya: milliy masalalar» maqolasi bilan bog‘liq bo‘lib, unda prezident madaniy arboblar orasida so‘rov o‘tkazib, har bir maktab bitiruvchisi o‘qib chiqishi shart bo‘lgan 100 ta eng yaxshi kitobni aniqlashni taklif qilgan edi.

Ushbu ro‘yxatni tuzishda Rossiya fanlar akademiyasi arboblari, Ta’lim akademiyasi akademiklari, Madaniyat vazirligi, Regional taraqqiyot vazirligi, diniy va jamoat tashkilotlari, bolalar adabiyotining atoqli bibliograflari, mutolaa psixologiyasi va pedagogikasi mutaxassislari, bolalar va maktab kutubxonachilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ta’lim muassasalari ishtirok etgan.

Ro‘yxatdagi kitoblar 5000 dan ortiq asarlar ichidan tanlab olingan. Ro‘yxatga turkiy xalqlar og‘zaki ijodining durdonalaridan «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Manas», «Ural botir» dostonlari ham kiritilgan.

Rasmiy ro‘yxat 2013 yil, 16 yanvarda e’lon qilingan.

1. A. M. Adamovich, D. A. Granin. «Qamal kitobi» («Blokadnaya kniga»)
2. Ch. T. Aytmatov. «Asrga tatigulik kun», «Oqkema» («I dolshe veka dlitsya den», «Belыy paroxod»)
3. V. P. Aksyonov. «Yulduzli chipta», «Qrim oroli» («Zvyozdnыy bilet», «Ostrov Krыm»)
4. A. G. Aleksin. «Akam klarnet chaladi» («Moy brat igrayet na klarnete»)
5. V. K. Arsenev. «Dersu Uzala»
6. V. P. Astafev. «Cho‘pon va podachi ayol», «Baliqlar shohi» («Pastux i pastushka», «Sar-rыba»)
7. I. E. Babel. «Odessa hikoyalari», «Konarmiya» («Odesskiye rasskazы», «Konarmiya»)
8. P. P. Bajov. «Ural hikoyalari» («Uralskiye skazы»)
9. L. Panteleev, G. G. Belыx. «ShKID respublikasi» («Respublika ShKID»)
10. V. O. Bogomolov. «Haqiqat oni» («Moment istinы»)
11. Yu. V. Bondarev. «Batalonlar o‘t ochishni so‘raydi», «Issiq qor» («Batalonы prosyat ognya», «Goryachiy sneg»)
12. A. N. Boxanov. «Imperator Aleksandr III»
13. M. A. Bulgakov. «Oq gvardiya» («Belaya gvardiya»)
14. Kir Bulыchyov. «Alisaning sarguzashtlari» («Priklyucheniya Alisы»)
15. I. A. Bunin. «Qorong‘i xiyobonlar» («Tyomnыe allei»)
16. V. V. Bыkov. «O‘liklar og‘riqni bilmaydi», «Sotnikov» («Mertvыm ne bolno», «Sotnikov»)
17. B. L. Vasilev. «Tonglar edi sokin bu yerda», «Ro‘yxatlarda yo‘q edi nomi» («A zori zdes tixiye…», «V spiskax ne znachilsya»).
18. G. V. Vernadskiy. «Rus tarixining tashqi ko‘rinishi» («Nachertaniye russkoy istorii»)
19. A. M. Volkov. «Zumrad shahar sehrgari» («Volshebnik Izumrudnogo goroda»)
20. A. P. Gaydar. «Timur va uning jamoasi», «Chuk va Gek», «Moviy piyola» («Timur i yego komanda», «Chuk i Gek», «Golubaya chashka»)
21. R. H. Hamzatov. «Mening Dog‘istonim», «She’rlar» («Moy Dagestan», «Stixotvoreniya»)
22. V. A. Gilyarovskiy. «Moskva va Moskvaliklar» («Moskva i moskvichi»)
23. I. A. Goncharov. «Oddiy voqea» («Obыknovennaya istoriya»)
24. A. B. Goryanin. «Rossiya. Muvaffaqiyat tarixi» («Rossiya. Istoriya uspexa»)
25. A. S. Grin. «Oq yelkanlar», «To‘lqinlar osha yuguruvchi» («Alыe parusa», «Beguщaya po volnam»)
26. L. N. Gumilyov. «Rusdan Rossiyaga» («Ot Rusi k Rossii»)
27. N. S. Gumilyov. «She’rlar» («Stixotvoreniya»)
28. A. I. Denikin. «Rus isyonlari ocherklari» («Ocherki russkoy smutы»)
29. Musa Jalil. «Moabit daftari» («Moabitskaya tetrad»)
30. S. D. Dovlatov. «Hudud», «Chemodan», «Qo‘riqxona», «Hikoyalar» («Zona», «Chemodan», «Zapovednik», «Rasskazы»)
31. F. M. Dostoyevskiy. «Telba» («Idiot»)
32. V. Yu. Dragunskiy. «Deniskin hikoyalari» («Deniskinы rasskazы»)
33. V. D. Dudintsev. «Oq ko‘ylaklar» («Belыe odejdы»)
34. N. V. Dumbadze. «Men, buvim, Iliko va Illarion» («Ya, babushka, Iliko i Illarion»)
35. M. Ibragimbekov. «Akamdan yaxshisi yo‘q edi» («I ne bыlo luchshe brata»)
36. I. A. Ilin. «Rossiya haqida. Uch nutq» («O Rossii. Tri rechi»)
37. I. Ilf, Ye. Petrov. «12 stul», «Oltin buzoq» («Dvenadtsat stulev», «Zolotoy telyonok»)
38. A. O. Ishimova. «Bolalar uchun Rossiya tarixidan hikoyalar» («Istoriya Rossii v rasskazax dlya detey»)
39. F. A. Iskandar. «Chegemlik Sandro» («Sandro iz Chegema»)
40. V. A. Kaverin. «Ikki kapitan», «Ochiq kitob» («Dva kapitana», «Otkrыtaya kniga»)
41. L. A. Kassil. «Tayyor turing, janobi oliylari», «Konduit va Shvambraniya» («Budte gotovы, Vashe vыsochestvo!», «Konduit i Shvambraniya»)
42. V. P. Katayev. «Yolg‘iz yelkan oqarib ko‘rinadi» («Beleet parus odinokiy»)
43. V. L. Kondratev. «Sashka»
44. N. P. Konchalovskaya. «Bizning qadimiy poytaxtimiz» («Nasha drevnyaya stolitsa»)
45. V. P. Krapivin. «Nayzali bolakay» («Malchik so shpagoy»)
46. V. Kuzmin. «Nartlar xazinasi: botir nartlar haqida kabardin va bolqor rivoyatlari» («Sokroviщe nartov: Iz kabardinskix i balkarskix skazaniy o bogatыryax-nartax»)
47. A. I. Kuprin. «Yakkama-yakka olishuv», «Yoqut ko‘zli bilaguzuk» («Poyedinok», «Granatovыy braslet»)
48. L. I. Lagin. «Qariya Xattob» («Starik Xottabыch»)
49. N. S. Leskov. «Maftun darbadar» («Ocharovannыy strannik»)
50. D. S. Lixachyov. «Igor jangnomasi», «Rossiya haqida o‘ylar» (to‘plam), «XII—XIV asr solnomalaridagi rus rivoyatlari» («Slovo o polku Igoreve» i kultura yego vremeni, «Razdumya o Rossii (sbornik)», «Rasskazы russkix letopisey XII—XIV vv.»)
51. Yu. M. Lotman. «Rus madaniyati haqida suhbatlar», «Pushkinning «Evgeniy Onegin» romani» («Besedы o russkoy kulture», Roman A. S. Pushkina «Evgeniy Onegin»)
52. V. V. Nabokov. «Iste’dod», «Lujin himoyasi», «Qatlga taklif» («Dar», «Zaщita Lujina», «Priglasheniye na kazn»)
53. V. P. Nekrasov. «Stalingrad okoplarida» («V okopax Stalingrada»)
54. N. N. Nosov. «Bilmasvoy va do‘stlarining sarguzashtlari», «Bilmasvoy Oyda», «Tirik shlyapa», «Mishkinning bo‘tqasi» («Priklyucheniya Neznayki i yego druzey», «Neznayka na Lune», «Jivaya shlyapa», «Mishkina kasha»)
55. V. A. Obruchev. «Sannikov yeri» («Zemlya Sannikova»)
56. Yu. K. Olesha. «Uch baqaloq» («Tri tolstyaka»)
57. N. A. Ostrovskiy. «Po‘lat qanday toblandi» («Kak zakalyalas stal»)
58. K. G. Paustovskiy. «Hayot haqida qissa», «Mesharlar tomoni» («Povest o jizni», «Meщyorskaya storona»)
59. V. S. Pikul. «PQ-17 karvoni motam kuyi», «Miniaturalar» («Rekviyem karavanu PQ-17», «Miniatyurы»).
60. A. I. Pristavkin. «Oltin bulutcha» («Nochevala tuchka zolotaya»)
61. L. S. Petrushevskaya. «Hikoyalar va qissalar» («Rasskazы i povesti»)
62. B. N. Polevoy. «Haqiqiy inson haqida qissa» («Povest o nastoyaщem cheloveke»)
63. Kozma Prutkov. «Asarlar» («Sochineniya»)
64. V. G. Rasputin. «Matyora bilan xayrlashuv» («Proщaniye s Matyoroy»)
65. R. I. Rojdestvenskiy. «She’rlar» («Stixotvoreniya»)
66. N. M. Rubtsov. «She’rlar» («Stixotvoreniya»)
67. Shota Rustaveli. «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» («Vityaz v tigrovoy shkure»)
68. A. N. Rыbakov. «Hanjar», «Bronza qush», «O‘q uzish» («Kortik», «Bronzovaya ptitsa», «Vыstrel»)
69. D. Samoylov. «She’rlar» («Stixotvoreniya»)
70. K. M. Simonov. «She’rlar», «Tiriklar va o‘liklar» («Stixotvoreniya», «Jivыe i myortvыe»)
71. L. V. Solovyov. «Xo‘ja Nasriddin haqida qissa» («Povest o Xodje Nasreddine»)
72. Aka-uka Strugatskiylar. «Dushanba shanbadan boshlanadi», «Xudo bo‘lish qiyin» («Ponedelnik nachinayetsya v subbotu», «Trudno bыt bogom»)
73. V. S. Tokareva. «Hikoyalar va qissalar» («Rasskazы i povesti»)
74. A. N. Tolstoy. «Kumush knyaz» («Knyaz Serebryanыy»)
75. L. N. Tolstoy. «Hojimurod», «Kazaklar», «Anna Karenina» («Xadji-Murat», «Kazaki», «Anna Karenina»)
76. A. To‘qay. «Shurale»
77. Yu. N. Tыnyanov. «Pushkin», «Vazir Muxtorning o‘limi» («Pushkin», «Smert Vazir-Muxtara»)
78. E. N. Uspenskiy. «Timsoh Gena va uning do‘stlari», «Fyodor amaki, it va mushuk» («Krokodil Gena i yego druzya», «Dyadya Fyodor, pyos i kot»)
79. A. A. Fadeev. «Yosh gvardiya», «Tor-mor» («Molodaya gvardiya», «Razgrom»)
80. R. I. Frayerman. «Yovvoyi it Dingo yoki ilk sevgi qissasi» («Dikaya sobaka Dingo, ili Povest o pervoy lyubvi»)
81. K. L. Xetagurov. «She’rlar» («Stixotvoreniya»)
82. Ye. L. Shvarts. «Ajdaho», «Qor malikasi» («Drakon», «Snejnaya koroleva»)
83. V. M. Shukshin. «Hikoyalar» («Rasskazы»)
84. N. Ya. Eydelman. «Lunin», «Sening XIX asring» («Lunin», «Tvoy XIX vek»)
85. I. G. Erenburg. «Odamlar, yillar, hayot» («Lyudi, godы, jizn»)
86. V. G. Yan. «Chingizxon», «Botu», «So‘nggi dengizga» («Chingiz-xan», «Batыy», «K poslednemu moryu»)
87 V. L. Yanin. «Men senga maktub yo‘lladim» («Ya poslal tebe berestu»)

Eposlar, dostonlar, solnomalar:

88. «Alpomish»
89. «Geser»
90. «Dovud Sosuniy» («David Sasunskiy»)
91. «Jangar»
92. «Kalevala»
93. «Go‘ro‘g‘li»
94. «Manas»
95. «Olonxo»
96. «Ural botir»
97. «Kirshey Danilov to‘plagan qadimgi rus she’rlari» («Drevniye rossiyskiye stixotvoreniya, sobrannыe Kirsheyu Danilovыm»)
98. «O‘tkinchi yillar qissasi» («Povest vremennыx let»)
99. «Dostonlar» (tuzuvchilar Checherov K., Uxov P.) («Bыlinы» (sost. Checherov K., Uxov P.)
100. «Rossiya xalqlari ertaklari» (tuzuvchi Vatagin M.) («Skazki narodov Rossii» (sost. Vatagin M.)