Newsweek: Jahon adabiyoti tarixidagi eng yaxshi 100 kitob

2009 yili AQShning mashhur Newsweek jurnali dunyo adabiyoti tarixidagi eng yaxshi 100 kitob nomini e’lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxat so‘nggi 20 yilda o‘tkazilgan o‘nlab so‘rovnomalar, reytinglar asosida tuzilgan. Unda mashhur amerikalik jurnalist Opra Uinfrining “Kitobxonlar klubi” tomonidan saralangan kitoblar, Avliyo Ioanna kolleji va Santa-Fe o‘quv yurti tadqiqotlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Daily Telegraph nashri taqdim etgan “O‘qilishi shart bo‘lgan 110 kitob” kabi ro‘yxatlardan foydalanilgan.

Newsweek saralagan ro‘yxatda kitoblarning tarixiy va madaniy ahamiyati, yillar davomida ommaviyligi e’tiborga olingan. Bu ro‘yxatni dunyo xalqlarining eng yaxshi kitoblari deb emas, g‘arb va ingliz dunyosi e’tirofidagi eng ommabop kitoblar deya baholanishi maqsadga muvofiq.

1. Urush va tinchlik, Lev Tolstoy, 1869
2. 1984, Jorj Oruell, 1949
3. Uliss, Jeyms Joys, 1922
4. Lolita, Vladimir Nabokov, 1955
5. Shovqin va g‘alayon, Uilyam Folkner, 1929
6. Ko‘rinmas odam, Ralf Ellison, 1952
7. Mayoqda, Virdjiniya Vulf, 1927
8. Iliada va Odissey, Homer, e.a. VIII asr
9. G‘urur va xurofot, Jeyn Ostin, 1813
10. Ilohiy komediya, Dante Aligeri, 1321
11. Kenterberiy hikoyalari, Jeffri Choser, XV asr
12. Gulliverning sayohatlari, Jonatan Svift, 1726
13. Middlmarch, Jorj Eliot, 1874
14. Vayronalik kelmoqda, Chinua Achebe, 1958
15. Zang ostida yo‘q bo‘lib, Jerom Selinjer, 1951
16. Shamollarda qolgan hislarim, Margaret Mitchell, 1936
17. Yolg‘izlikning yuz yili, Gabriel Garsiya Markes, 1967
18. Buyuk Getsbi, Frensis Skott Fitsjerald, 1925
19. Hiyla-22, Djozef Xeller, 1961
20. Ma’shuqa, Toni Morrison, 1987
21. G‘azab shingillari, Jon Steynbek, 1939
22. Yarim tun bolalari, Salmon Rushdiy, 1981
23. Hayratli yangi dunyo haqida, Oldos Xaksli, 1932
24. Missis Delouey, Virjiniya Vulf, 1925
25. Amerika o‘g‘loni, Richard Rayt, 1940
26. Amerikada demokratiya, Aleksis de Tokvil, 1835
27. Turlarning kelib chiqishi, Charlz Darvin, 1859
28. Tarix, Gerodot, e.a. 440
29. Ijtimoiy shartnoma to‘g‘risida, Jan-Jak Russo, 1762
30. Kapital, Karl Marks, 1867
31. Hukmdor, Nikolo Makiavelli, 1532
32. Istig‘for, Avliyo Avgustin, 4-asr
33. Leviafan, Tomas Gobbs, 1651
34. Peloponess jangi tarixi, Fukidid, e.a. 431
35. Uzuklar hukmdori, Jon Ronald Ruel Tolkin, 1954
36. Vinni-Pux, Alan Aleksandr Miln, 1926
37. Sher, Jodugar va Sehrli shkaf, Klayv Steyplz Lyuis, 1950
38. Hindistonga sayohat, E.M.Forster, 1924
39. Yo‘lda, Jek Keruak, 1957
40. Masxarachini o‘ldirish, Xarper Li, 1960
41. Bibliya.
42. Murvatli apelsin, Entoni Berjess, 1962
43. Avgust mayog‘i, Uilyam Folkner, 1932
44. Qora xalqning qalblari, Uilyam Eduard Byorkxardt Dyubua, 1903
45. Antuanetta, Jin Ris, 1966
46. Bovari xonim, Gustav Flober, 1857
47. Yo‘qotilgan jannat, Djon Milton, 1667
48. Anna Karenina, Lev Tolstoy, 1877
49. Hamlet, Uilyam Shekspir, 1603
50. Qirol Lir, Uilyam Shekspir, 1608
51. Otello, Uilyam Shekspir, 1622
52. Sonetlar, Uilyam Shekspir, 1609
53. Maysa yaprog‘i, Uolt Uitmen, 1855
54. Geklberri Finning sarguzashtlari, Mark Tven, 1885
55. Kim, Redyard Kipling, 1901
56. Frankenshteyn, Meri Shelli, 1818
57. Sulaymonning qo‘shig‘i, Toni Morrison, 1977
58. Kakku uyasi ustidan parvoz etib, Ken Kizi, 1962
59. Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti, Ernest Xeminguey, 1940
60. 5-raqamli qushxona, Kurt Vonnegut, 1969
61. Molxona, Jorj Oruell, 1945
62. Pashshalar hukmdori, Uilyam Golding, 1954
63. Sovuqqon qotillik, Trumen Kapote, 1965
64. Oltin daftar, Doris Lessing, 1962
65. Yo‘qotilgan vaqtni qidirib, Marsel Prust, 1913
66. Poyonsiz uyqu, Raymond Chandler, 1939
67. Men o‘lgan kuni, Uilyam Folkner, 1930
68. Quyosh baribir chiqaveradi, Ernest Xeminguey, 1926
69. Men — Klavdiy, Robert Greyvs, 1934
70. Yurak — yolg‘iz ovchi, Karson Makkallers, 1940
71. O‘g‘illar va jazmanlar, D. G. Lourens, 1913
72. Qirol lashkarining hammasi, Robert Penn Uorren, 1946
73. Bor, tog‘lardan gapir, Jeyms Bolduin, 1953
74. Sharlottaning girdobi, E. B. Uayt, 1952
75. Zulmatning yuragi, Jozef Konrad, 1902
76. Tun, Eli Vizel, 1958
77. Qochib qol, quyon, Jon Apdayk, 1960
78. Ma’sumlik asri, Edit Uorton, 1920
79. Portnoy voqeasi, Filipp Rot, 1969
80. Amerika fojiasi, Teodor Drayzer, 1925
81. Chigirtka kuni, Natanael Uest, 1939
82. Qisqichbaqa Tropigi, Genri Miller, 1934
83. Malta lochini, Deshil Xemmet, 1930
84. Qorong‘u ibtido, Filipp Pulman, 1995
85. O‘lim arxiyepiskopga keladi, Uilla Keser, 1927
86. Tushlar ta’biri, Zigmund Freyd, 1900
87. Genri Adamsning tarbiyasi, Genri Adams, 1918
88. Mao hikmatnomasi, Mao Szedun, 1964
89. Diniy tajribaning rang-barangligi, Uilyam Jeyms, 1902
90. Bir hovuch chang, Ivlin Vo, 1934
91. Indamas bahor, Reychel Karson, 1962
92. Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi, Jon Meynard Keyns, 1936
93. Lord Jim, Jozef Konrad, 1900
94. Hammasini kechiramiz, Robert Greyvs, 1929
95. O‘ziga to‘q jamiyat, Djon Kennet Gelbreyt, 1958
96. Tollar uzra shamol, Kennet Grem, 1908
97. Malkolm Iksning tarjimai holi, Aleks Xeyli i Malkolm Iks, 1965
98. Mashhur viktorianlar, Litton Strechi, 1918
99. Qirmizi rang, Elis Uoker, 1982
100. Ikkinchi jahon urushi, Uinston Cherchill, 1948