O‘zbek adabiyoti (antologiya). 5 jild, 7 kitob (1959-1968)

O‘zbek adabiyoti. 4 jildlik. 1-jild. T.: O‘zSSR davlat badiiy nashriyoti, 1959.

O‘zbek adabiyoti tarixi materiallaridan tuzilgan to‘rt tomlik bu to‘plamning birinchi tomi XI asrdan XV asrgacha bo‘lgan adabiyot namunalarini o‘z ichiga oladi. Bu kitob Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asaridan parchalar berish bilan boshlanib, Husayniy devonidan tanlangan she’riy asarlar bilan tugaydi.
Alisher Navoiyning asarlaridan tanlangan namunalar to‘plamning ikkinchi tomini tashkil etadi.
Uchinchi tom XVI asr adabiyoti mamunalaridan Zahiriddin Muhammad Bobirning she’riy va prozaik asarlari bilan boshlanadi va XIX asr shoirlaridan
Komil Xorazmiy she’rlari bilan tugaydi.
To‘rtinchi tomda XIX asr ikkinchi yarmidan to 1917 yilgacha yaratilgan turli janrlardagi adabiy-badiiy asarlardan namunalar beriladi. Bu tom Muqimiyning lirik g‘azallari va satirik she’rlari bilan boshlanib, Hamza Hakimzoda Niyoziyning 1917 yilgacha yozgan she’rlaridan va «Zaharli hayot» nomli pesasidan parchalar keltirish bilan tamomlanadi.
Buyuk ozarbayjon shoiri Fuzuliyning ayniqsa, XVIII—XIX asrlar o‘zbek klassik adabiyotiga ko‘rsatgan zo‘r ta’siri va o‘zbek xalqining asrlar davomida bu ajoyib lirik san’atkorning serzavq asarlarini o‘zinikidek o‘qib, o‘rganib hamda kuylab kelganini nazarda tutib, bu shoir asarlaridan ham namunalar ajratildi.
To‘rtinchi tom oxirida ayrim ikki bob ajratilib, birinchisida xalq kitoblaridan, ya’ni xalq og‘zaki adabiyotidan yozma adabiyotga o‘tgan yoki o‘ta boshlagan turli xalq dostonlaridan namunalar berildi. Ikkinchi bobni esa o‘zbek tiliga tarjima qilingan badiiy asarlar bilan to‘ldirildi. Bunda sharq xalqlari tilidan qilingan tarjima asarlardan parchalar berish bilan birga, 1917 yilgacha A. S. Pushkin, I. A. Krilov, L. N. Tolstoy kabi ulug‘ rus shoiri va yozuvchilari asarlarining o‘zbekcha tarjimalari ham maxsus joy oldi.
To‘rt tomlik uchun namunalar tanlashda O‘zSSR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik, Til va adabiyot institutlari va Adabiyot Muzeyi kitob fondidagi qo‘lyozma manbalardan imkon boricha foydalanildi. Shu bilan birga, ayrim hollarda 1945 yilda nashr etilgan Adabiyot tarixi xrestomatiyasidagi materiallardan ham qisman foydalanildi.
Bu to‘plamda o‘zbek vdabiyoti tarixiga oid barcha yangi materiallarni kiritish va asarlarni to‘laroq hamda bog‘lanishliroq qilib berishga urinildi.
To‘plamning tomlarga bo‘linishi va materiallarning shu tomlar bo‘yi joylashtirilishi shartlidir.
To‘rt tomlikdan o‘zbek adabiyoti tarixi bilan shug‘ullanuvchi adabiyotchilar, adabiyotshunoslar, o‘rta maktab adabiyot o‘qituvchilari va oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetining studentlari foydalanishlari mumkin.
Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yuknakiy asarlarini S. Mutallibov; Yassaviy va Durbek asarlarini A. Hayitmetov; Lutfiyning «Gul va Navro‘z» dostoni va Yusuf Amiriy bilan Yaqiniy asarlarini E. Rustamov, qolgan hamma materiallarni Hodi Zarif tayyorlagan.

O‘zbek adabiyoti. 4 jildlik. 2-jild. T.: O‘zSSR davlat badiiy nashriyoti, 1959.

O‘zbek adabiyoti tarixi materiallaridan tuzilgan bu to‘rt tomlik to‘plamning ikkinchi tomi ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning adabiy-badiiy asarlaridan iborat bo‘lib, bunda shoirning hamma badiiy ijodiyotidan namunalar berildi. Shu bilan birga shoirning adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ishlaridan, ba’zi bir ilmiy asarlarining adabiy masalalarni, shoir biografiyasini, davrini yoritishga taalluqli bo‘lgan qismlaridan, shuningdek, «Foniy» taxallusi bilan fors-tojik tilida yozgan asarlaridan ham parchalar berildi.
Genial shoir Alisher Navoiyning yarim asrlik ijodiy mehnati mumioz o‘zbek adabiyotida eng salmoqli o‘rinni egallaydi. Shoirning ajoyib rang-barang she’riy va nasriy asarlari o‘zbek adabiyoti xazinasining yirik durdonalaridir, ko‘p asrlar ijodini o‘z ichiga olgan bu katta to‘plamda bularning har biridan biror namuna bermaslik mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham ulug‘ shoirning ko‘pchilik asarlaridan tanlangan namunalarning o‘zi to‘rt tomlikning salmoqli tomlaridan birini tashkil etdi.
«Xazoiynul-maoniy» («Chordevon») namunalarini H. Sulaymonov; «Lisonut-tayr» mamunalarini A. Hayitmetov; «Majolisun-nafois»dan parchalarni S. G‘aniyeva; qolgan hamma materialni P. Shamsiyev tayyorlagan.

O‘zbek adabiyoti. 4 jildlik. 3-jild. T.: O‘zSSR davlat badiiy nashriyoti, 1959.

O‘zbek adabiyogi tarixi materiallaridan tuzilgan to‘rt tomlikning bu uchinchi tomi Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari bilan boshlanib, Komil Xorazmiy asarlari bilan tugaydi.
Bu tomda ham ko‘pchilik materiallarni she’r, g‘azallar tashkil etadi. Shu bilan birga, «Boburnoma» va boshqa nasrda yozilgan asarlardan ham namunalar berildi.
Poshoxo‘ja, Huvaydo asaridan namunalarni V. Zohidov; Bobur, Mashrab asarlaridan namunalarni P. Shamsiyev; Nodira, Hoziq, G‘oziy, Joniy, Shavqiy, Mahzuna, Uvaysiy, Maxmur, Ma’dan asarlarpdan namunalarni A. Qayumov; Ubaydiy, Aziziy, Baqoiy, Mujrim Obid, Gulxaniy, Fazliy asarlari namunalarini S. G‘aniyeva; Majlisiy va Amir asarlaridan namunalarni A. Hayitmetov; Muhammad Solih dostonidan parchalarni A. Ibrohimov; Nodirani E. Rustamov; Turdini A. Abdug‘afurov, qolgan hamma shoirlar asarlaridan olingan namunalarnn R. Majidiy tayyorlagan.

O‘zbek adabiyoti. 4 jildlik. 4-jild. 1-kitob. T.: O‘zSSR davlat badiiy nashriyoti, 1960.

O‘zbek adabiyoti tarixi materiallaridan tuzilgan to‘rt tomlikning bu to‘rtinchi tomining o‘zbek poeziyasi qismi shoir Muqimiy asarlari bilan boshlanib, Hamza Hakimzoda Niyoziyning 1917 yilga qadar yozgan she’rlaridan namunalar va «Zaharli hayot» pesasi bilan tugaydi.
O‘zbek adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutgan, ko‘p o‘zbek shoirlariga juda katta ta’sir ko‘rsatgan qardosh ozarbayjon xalqining ulug‘ shoiri Muhammad Fuzuliy, shuningdek, o‘zbek kitobxonlari orasida, ayniqsa Xorazmda mashhur bo‘lgan qardosh turkman xalqining klassik shoiri Maxtumhuli asarlaridan ham namunalar berildi. Ularning ijodidan berilgan namunalarni o‘zbek shoirlari qatorida xronolotik tartibda berishdan ko‘ra, qardosh xalq shoiri sifatida alohida ko‘rsatish ma’qulroq ko‘rildi.
Shu bilan birga folklor asarlari asosida yaratilgan Sayyodiy, Sayqaliy, Andalib, Rizoiy asarlari bu avtorlarning yashab ijod etgan davri to‘la aniqlanmaganligi va asarlarining janr xususiyatlari hali o‘rganib yetilmaganligi sababli alohida ajratib bu tomga kiritildi.
Tomning oxirida 1917 yilga qadar fors-tojik, hind va rus badiiy asarlaridan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalardan ham ayrim parchalar ilova qilindi.
Bu tomda: «Kalila va Dimna»dan namunalarni V. Zohidov, «Tohir va Zuhra», «Layli va Majnun», «Xurshid va Malikai Dilorom» va «Gulfarah» namunalarini X. Zarif, Fuzuliy she’rlaridan, «Guliston» tarjimasidan va «Mushuk va sichqon» qissasidan parchalarni P. Shamsiyev; Muhayyir she’rlaridan, «Chor darvish», «Shohnoma», «To‘tinoma» va «Alf layla va layla» tarjimalaridan namunalarni A. Hayitmetov; «Bahrom bila Gulandom»dan parchani M. Alaviya, Vosifiy asaridan materialni S. G‘aniyeva; «Bahrom bilan Dilorom» tarjimasidan parchalarni E. Rustamov; Saryomiy, Dilafkor, Dilkash, Shavkat, Kamiy, Qoriy, Zoriy, Maxtumquli asarlari va rus adabiyotidan qilingan tarjima namunalarini A. Abdug‘afurov; Sadriddin Ayniy asarlaridan namunalarni N. Rahimov; qolgan asarlarni R. Majidiy tayyorlagandir.
O‘quvchilarga qulaylik yaratish uchun to‘rtinchi tomni ikki kitobga ajratib nashr etish lozim topildi.

O‘zbek adabiyoti. 4 jildlik. 4-jild. 2-kitob. T.: O‘zSSR davlat badiiy nashriyoti, 1960.
O‘zbek adabiyoti. 4 jildlikka ilova. 5-jild. 1-kitob. T.: «Toshkent» badiiy adabiyot nashriyoti, 1966.

O‘zbek xalqining madaniyati, adabiyoti juda uzoq tarixga ega bo‘lib, u o‘z ijodi bilan o‘z xalqi va hatto kishilik madaniyati taraqqiyotiga ma’lum darajada hissa qo‘shgan juda ko‘p olim, shoir, yozuvchilar ijodi natijasida yuzaga kelgan.
Dastlab shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, o‘zbek xalqi ijodkorlarining asarlari qo‘l yozma holida juda kam nusxalarda bo‘lganligi, nashr qilish ishining kech vujudga kelganligi bu xazinalardan foydalanishga jiddiy to‘sqinlik qilgan.
Mehnatkash xalq ommasi o‘z ijodkorlarining badiiy asarlari bilan har xil vositalar, shu jumladan, hofiz va xonandalarning ijrolari orqali tanishgan.
1941 va 1945 yilda Navoiy, Bobir, Muqimiy, Furqat, Munis, Ogahiy va boshqa ko‘pgina ijodkorlarning asarlaridan namunalarni o‘z ichiga olgan va o‘sha ijodkorlar haqida qisqa ma’lumotlar bilan ta’min etilgan ikki tomlik xrestomatiya nashr qilindi. Lekin bu qilingan ishlar yetarli emas edi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot instituti oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, studentlar va adabiy meros bilan qiziqqan keng jamoatchilikning talabini nazarda tutib, 1959—1960 yillarda to‘rt tom (besh kitob)dan iborat «O‘zbek adabiyoti» namunalarini nashr etdi. Bu nashr ham adabiy merosimizning shunday boy xazinasini yetarli qamrab ololmagan edi. Adabiy merosni keyingi o‘rganish natijasida yangi boyliklar, diqqatga sazovor qalam ahllarining ijodlari o‘rganildi (to‘rt tomlik o‘zbek adabiyoti namunalari nashr etilgan chog‘da bu ish yana davom ettirilishi ko‘zda tutilgan edi).
Yangi tekshirishlar natijasi o‘laroq hurmatli kitobxonlarga ushbu «O‘zbek adabiyoti» namunalarining beshinchi tomi (birinchi va ikkinchi kitoblarini) taqdim etamiz.
Bu nashrda Gadoiy, Ravnaq, Roqim, Doiy, Uzlat, Niyoziy, Chokar va boshqalarning, shuningdek ayollardan chiqqan bir necha shoiralarning, yangi aniqlangan ijodkorlarning asarlaridan namunalar berildi. Dastlab shuni ta’kidlash zarurki, shu tomlarga kiritilgan shoirlar o‘z davri va o‘z sharoitlarida ulug‘ Navoiy nomi bilan bog‘langan va uning ijodida ifodasini topgan ulug‘ insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surdilar, rivojlantirdilar. Shu bilan birga bu shoirlar ijodida o‘zbek xalqining shular yashagan davrdagi orzu va tilaklari o‘z ifodasini topdi.
Jumladan, Miriy ijodiga ko‘z tashlasak, shuni ko‘ramizki, u nihoyat zo‘r san’atkor, mohir so‘z ustasi bo‘lib, ulug‘ ustozlarga ergashib hatto «Xamsa» yaratishga uringan. Sharq adabiyotining qator eng yaxshi namunalaridan tarjima qilib o‘z xalqiga yetkazgan.
Shu to‘plamga asarlaridan namunalar kiritilgan o‘zbek shoiralari Bonu, Hakima va Mutribalarning ijodlari alohida diqqatga sazovor. Bu shoiralar o‘zbek ayollarining qismatini nihoyat darajada tabiiy, nozik va ta’sirchan ravishda ifodaladilar. Yangi kiritilgan boshqa shoirlarning ham o‘zbek hayotini, orzu-maqsadlarinn o‘zlariga xos ravishda ifoda etishda mahorat va xizmatlari bor.
Albatta, bu aytilganlar mazkur shoirlar nuqsonlardan, mahdudliklardan xolidir degan so‘z emas. Ularning ijodida o‘z davri saviyasi va sharoitlariga xos bo‘lgan jitsdiy kamchilik va ziddiyatlar mavjuddir.
Shuni alohida aytib o‘tish zarurki, Sayfi Saroyi, Miriy, Tabibiy, Nodira va boshqalarning asarlaridan namunalar «O‘zbek adabiyoti»ning avvalgi nashrida ham berilgan edi. Hozirgi tomda esa, ularning yangi muhim asarlaridan namunalar berildi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu shoirlarning biografiyasi apcha aniqlandi. Buning ustiga ular ijodining yangi namunalari topilganligi tufayli ularning adabiyot tarixidagi salmog‘i, tutgan o‘rni va rolining qanchalik muhim ekanligi yanada aniqlandi.
«O‘zbek adabiyoti» namunalarining avval nashr etilgan ikkinchi tomida Navoiyning Foniy taxallusi bilan fors-tojik tilida yozgan asarlaridan ham namunalar berilgan edi. O‘zbek va fors-tojik adabiyotida Foniy taxallusida fors-tojikcha she’r yozgan kishilar ancha bo‘lgan. Juda ko‘p qo‘lyozmalarda Foniy taxallusi bilan ijod etgan shoirlarning asarlari to‘plangan bo‘lib, shular orasida Navoiyning fors-tojik tilida yozgan shs’rlarini ajratib olish ancha mushkul bo‘lgan edi. Keyingi tekshirishlar natijasida Parij kutubxonasida Navoiyning Foniy taxallusida yozgan devonining ikkita eng e’tiborli qo‘lyozma nusxasi borligi aniqlandi. Bu qo‘lyozmalarning foto nusxalari institutga olindi. Bu kitobda berilgan namunalar ana shu qo‘lyozmalar foto nusxasidan olib berildi.
Bu tomda, avvalgi tomlarda ham tanlangan asarlari alohida nashr qilingan shoirlar ijodidan ham namunalar berilgan. Buning sababi shundaki, «O‘zbek adabiyoti» namunalari nashri sistemali chiqib turadigan to‘plamlar bo‘lganidan, o‘zbek adabiyoti tarixida u yoki bu darajada o‘rin olgan hamma ijodkorlarning yangi topilgan asarlarining namunalari ularda chiqib turishi maqbul deb topildi.
Namunalarning avvalgi nashrlarida ma’lum xronologiyaga e’tibor qilingan bo‘lsa-da, bu nashrda faqat ichki xronologiya mavjud. Chunki adabiy merosni o‘rganish natijasida turli davrlarda yashagan yangi shoir va yodgorliklar aniqlanmoqda va topilmoqda, binobarin, ularning asarlaridan namunalar shu to‘plamlardan joy olishi kerak.
Jumladan, o‘zbek madaniyati va adabiyoti taraqqiyotining ma’lum davrida O‘zbekiston va O‘rta Osiyoda yashagan ancha olim va shoirlar arab tilida juda ko‘p ilmiy va adabiy asarlar yaratganlar. Ular ijodini o‘rganish keyingi davrlardagina boshlandi. Shu sababdan bu tomning ikkinchi kitobi oxirida arab tilida ijod etgan O‘zbekiston va O‘rta Osiyolik adiblar asarlaridan ham namunalar kiritdik.
Bu nashrdagi Sayfi Saroyi va uning zamondoshlari ijodlaridan olingan namunalarni E. Fozilov, Gadoiy asarlarini S. G‘aniyeva, Alisher Navoiyning «Foniy» devonidan olingan namunalarni H. Sulaymon, Andalibdan olingan namunalarni F. Musamuhammedova, Roqimdan olingan namunalarni O. Qosimxo‘jayeva, Ravnaqdan olingan namunalarni H. Muxtorova, Shavqiy, Miriy ijodidan olingan namunalarni M. Mahmudov, Nodiradan olingan namunalarni M. Qodirova, Uzlatdan olingan namunalarni A. Madaminov, Doiy asarlaridan olingan namunalarni E. Ibrohimova tayyorlaganlar, Bonu asarlaridan olingan namunalarni T. Jalolov tomonidan nashr qilingan «Bonu» nomli kitobdan olindi.

O‘zbek adabiyoti. 4 jildlikka ilova. 5-jild. 2-kitob. T.: «Toshkent» badiiy adabiyot nashriyoti, 1968.

Nashrdagi Hakima, Mutriba, Siddiqiy ijodlaridan olingan namunalarni M. Mahmudov, Niyoziy asarlaridan olingan namunalarni E. Ibrohimova, Rojiy asarlaridan olingan namunalarni V. Mo‘minova, Mutrib Xonaxarob, Chokar, Faqiriy asarlaridan olingan namunalarni V. Mirzayev, Tabibiy asarlaridan olingan namunalarni F. G‘anixo‘jayev, Devoniy asarlaridan olingan namunalarni F. Musamuhamedova, Anbar otin asarlarini F. Husainova, Nodim asarlaridan olingan namunalarni A. Xalilbekov, Abu Ali ibn Sino qissalarini A. Irisov, arab tilida ijod etgan shoirlar asarlaridan olingan namunalarni I. Abdullayev tayyorlagan.