Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 3 jildlik (2000)

Said Ahmad. Tanlangan asarlar: 3 jildlik. 1-jild. Hikoyalar. T.: Sharq, 2000

Xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning ushbu «Tanlangan asarlar»iga kirgan hikoya, hajvlar, xotira va adabiy o‘ylari sizga manzur bo‘lar degan umiddamiz.

Said Ahmad. Tanlangan asarlar: 3 jildlik. 2-jild. Hajviyalar. Pesalar T.: Sharq, 2000

Said Ahmadning ushbu «Tanlangan asarlar»i 2-jildiga adibning hajviyalari va pesalari kiritilgan.

Said Ahmad. Tanlangan asarlar: 3 jildlik. 3-jild. Xotiralar adabiy o‘ylar. T.: Sharq, 2000

Ushbu kitob muallifi — O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad hozirgi kunda unutilmas xotiralarga aylangan atoqli adabiyot arboblari bilan uzoq vaqt birga bo‘lgan. Ularga safarlarda hamrohlik qilgan. Xalkimiz ardog‘idagi bu benazir insonlarning nurli kunlari-da ham, alam-iztirob chekkan onlarida ham yonlarida bo‘lgan. Xotiralarda adabiy to‘qimalar yo‘q. Tasvirlangan voqealar sinchkovlik bilan kuzatilgan, yozuvchining o‘tkir nigohidan o‘tgan sof haqiqatdir.
Kitobning birinchi bobida tilga olingan va ajib mehr bilan tasvirlangan ustozlar endi yo‘q. Ular xalqqa, vatanimiz badiiy xazinasiga qimmatbaho gavharlar qoldirib yo‘qlik sari ketganlar.
Kitobning ikkinchi bobida hozirgi kunda ijod kilayotgan va bugungi kunda yetuk yozuvchi bo‘lgan, xalq hurmatiga sazovar bo‘lgan yozuvchilar, kitob muallifi shogirdlari to‘g‘risida qaynoq fikrlar bayon qilinadi.
Uchinchi bobda goh nurli, goh nursiz kunlarni boshidan kechirgan muallifning nztiroblari, ko‘p mashaqqatlar bilan topgan iqboli to‘g‘risida ta’sirli fikrlar bayon qilinadi.
O‘ylaymizki, bu asar o‘quvchilarni befarq koldirmaydi. Ularni o‘ylashga chorlab, bu yorug‘ kunlarda yashash baxti qanchalar mashaqkatlar hisobiga kelganini bayon qiladi.