Havasxon Shokirova. Ko‘zimdagi maktublar: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1994.
Aziz she’rxon! |
Farhod Arziyev. Yolg‘izlik ranglari: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1996.
Ko‘ngilga So‘z izlayotgan, sahrodan dengiz, Ishq tovushini, hamda shu tovushning rangini izlayotgan erkin va sarkash Ruhning qiyofasini ko‘rganmisiz… Azoblarning achchiq ta’mini tuyganmisiz… «Dengiz hidi anqigan» qo‘shiqlarga qo‘shilib oqqanmisiz… |
Faxriyor. Dardning shakli: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1997.
Faxriyorning «Dardning shakli» to‘plamiga kirgan she’rlar mavzu jihatdan rang-barangdir. Ularni birlashtirib turadigan narsa shoirning voqelikka bezovta va kuyunchak munosabatidir. U dardlariga tinimsiz shakl izlaydi. Tashbihlar vositasida bir-biridan uzab ketgan voqeliklarni va mohiyatlarni o‘zaro yaqinlashtiradi, chog‘ishtiradi. Bu hol ularni uyg‘un holda tasavvur etish imkonini beradi. Uning nazarida, tashbih — mazmun qofiyasi. Qofiyali verlibrlarni, fikrni asl shaklida saqlab qolish ehtiyojidan tug‘ilgan, deyish mumkin. |
Vafo Fayzullo. Xabarsiz sevinch: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1997.
Bolalikning mo‘jizali yurtida nimanidir unutganmiz. O‘sha unutgan narsamiz o‘zligimizni bir qismi edi. Endi bolalikning sirli chog‘larini sog‘inib yashaymiz. Shu sog‘inchsiz ko‘nglimiz yarim. Shoir Vafo Fayzulloning she’rlarida ham o‘sha ma’sum onlarga sog‘inch, yo‘qlov yetakchilik qiladi. Ushbu she’rlarni o‘qib, yo‘qotgan narsangizni topganday bo‘lasiz. Ko‘nglingizga aziz tuyg‘ular bir muddat bo‘lsa-da. yana hamroh bo‘ladi, hurmatli o‘quvchi! |
Go‘zal Begim. Sukunat jaranglari: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1998.
Go‘zal Begim she’riyat ixlosmandlari qalbiga yangi so‘z, yangicha tafakkur olib kirayotgan shoirlar qatoriga kiradi. Ushbu she’rlarni o‘qib Siz hayajonlanasiz, undagi obrazlar balki o‘zingizda borligini payqamagan kechinmalaringizni yuzaga chiqaradi, shoira she’rlaridan ko‘nglingizga go‘zal sharpalar qo‘chib o‘tadi. |
Guljamol Asqarova. Dil fasli: She’rlar. T.: «Cho‘lpon», 1998.
Guljamolning she’rlari hislar tarangligidan tug‘ilgan. Ularni befarq o‘qiy olmaysiz. Shoiraning hayajoni, zavqi sizga ham yuqadi. Ana shu yaqinlik, hamrozlik umri boqiy bulishiga tilakdoshmiz. |
Jahondor Bo‘riyev. Taajjub: She’rlar. T.: «Cho‘lpon», 1998.
Jahondor Bo‘riyev 1981 yili Toshkentda tavallud topgan. Respublika Navoiy nomidagi nafis san’at litseyini tugatish arafasida. |