Abu Nasr Javhariy (940-1008)

Abu Nasr Ismoil ibn Hammod Javhariy Forobiy (940-1008) – O‘rta osiyolik arabnavis shoir. Forobda tug‘ilgan. Ko‘proq Bag‘dodda yashagan tilshunos olim va faylasuf. Asosiy asari «Toju l-lug‘a va sahoxu-l-arabiyya» («Lug‘at toji va arabchaning haqiqiysi») asaridir. Arab tilida yozilgan bu asarning 1865—75-yillar davomi…

Ali Muhammad ar-Roqiy (1934)

Ali Muhammad ar-Roqiy 1934 yili Liviyada tug‘ilgan. MENING VATANIMDA… Ishq tark etdi. Olislarda qoldi muhabbat. Sevgim ketdi. Armon qoldi, bitmas yara kabi g‘am qoldi faqat. Bu achchiq qasidam ishq haqda emas, achchiq armon haqda ham emas. Bugun seni kuylayman, ona davomi…

Bayram At-Tunisiy (XX asr boshi)

Bayram At-Tunisiy – XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan misrlik shoir. MUNAJJIM Derlar, munajjimlar Dono azaldan. Bilarmish taqdirni Ular avvaldan. Men ishonolmayman, Dilda alanga – Bermam munajjimga Hatto bir tanga! Dil daftarim titib Nima qilaman: O‘zimdan o‘tganni O‘zim bilaman. Kuymayman, davomi…

Tohir Yo‘ldoshev. Taqdirlar to‘zoni (hikoya)

Tashqarida yovvoyi shamol chiranib guvillaydi. Derazaga yaqin bo‘y cho‘zgan qora gilos shoda-shoda mevalarini hovuchida siqimlagancha shoxlarini olib kelib, oyna yuzlariga urmoqni ko‘zlaydi. Shashtidan qaytadimi, ketiga bosh olib, kaftlarini keng yozadi. Mevapari marvariddek tovlanib ketadi. Shu daf’a yeru ko‘kni bir-biriga urgudek davomi…

Yuri Zambrano (1968)

Shoir va nosir Yuri Zambrano (Yuri Zambrano) 1968 yili Meksikada tug‘ilgan. Jahon she’riyat festivallari direktori, Jahon she’riyat harakati a’zosi, ayollar huquqining faol targ‘ibotchisi. Xalqaro Che Gevara jamg‘armasi va Qizil kollektiv utopiya tashkilotining faoli. 40 dan ortiq kitobi turli tillarda (asosan davomi…

Muhammad Solih. Dildagi o‘ylar (1989)

Biz, o‘zbek yozuvchilari adabiyotni bugunning eng muhim masalasi deb ayta olmaymiz. Atrofda kechayotgan voqealarni ko‘rmaslik, eshitmaslik uchun haqqoniy hayotni mavhumlashtirishga bizning kuchimiz yetmaydi. Bizni qiynayotgan o‘ylar adabiy o‘ylar emas. Keyingi yillar davomida boshimizdan o‘tgan voqealar bizni andak dovdiratib qo‘ydi. Mamlakatimiz davomi…

V.Sokolov. Vaziyatni qo‘lga olaylik (1989)

Nihoyat Farg‘ona vodiysidagi ur-yiqitlar, o‘t qo‘yish-u odamkushliklarning yuraklarni ezib yuboradigan qayg‘uli xabarlari barham topdi. Biroq qaror topa boshlagan osoyishtalikning qat’iyligiga ishonish mushkul… Xo‘sh, shu kunlarda O‘zbekistonda nimalar bo‘layotir? Matbuot go‘yo bizni ko‘pdan-ko‘p, tezkor xat-xabarlar bilan ta’minlab turganday tuyuladi, lekin fojiali davomi…

Muhtarama Ulug‘ova. Marg‘ilonga maktub (1989)

Assalomu alaykum, onajon, sog‘misiz, bardammisiz? Yong‘inu qonlarga botgan shahrim, unga tutash shahar va qishloqlar haqida eshitganimda, jondoshlardan yiroqda simobdek titrab yashayapman-u, sizlarning ahvolingiz qanday kechayapti ekan? Gazetalar yozdilar, osmonlardan xabarlar oqib keldiki: «Mingga yaqin gazanda…», «Nasha va qoradori chekkan, mast davomi…

Ibrohim Rahim. Go‘zal Farg‘ona, senga ne bo‘ldi? (1989)

Shoirlarga ilhom bergan ipakday muloyim Marg‘ilonimizdan kelayotgan mudhish xabarlar azaldan insonparvar bo‘lmish xalqimning, har bir o‘zbekning qalbini tirnadi. Bu yerlarda kutilmaganda yuz bergan qonli fojia boshimizga g‘am-g‘ussa keltirib, qalbimizni qayg‘u-alamga to‘ldirdi. Farg‘ona tuprog‘ida kechagi do‘st-birodarlar orasida, shu kungacha ahil yashab davomi…