Abu Saidxon

Abu Said ibn Ko‘chkunchixon (?-1533-y.) 1530-1533 yillarda shayboniylar hukmdori. Uning davrida Movarounnahrda shayboniylar o‘rtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun o‘zaro nizolar davom etgan. U mashhur tasavvuf olimi bo‘lmish o‘z vaziri Ofoq Xojaning mudiri edi.

Ubaydullaxon

Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (1486 yil, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzesi – 1540 yil 17-mart, Buxoro) (1533-1539) Buxoro xoni, shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. To‘liq ismi Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton davomi…

Abdullaxon I

Abdullaxon I ibn Ko‘chkunchixon (XV  asr oxiri – 1540 yil 14 sentyabr, Samarqand) (1540 yil mart-sentyabr) Shayboniylardan bo‘lgan Movarounnahr xoni. Abulxayrxonning nevarasi, Ko‘chkunchixonning o‘g‘li. 1514-1540 yillarda Abdullaxon I Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan. 1540 yil martda shayboniy Ubaydullaxon vafot etgach, Buxoro davomi…

Abdulazizxon (shayboniy)

Abdullazizxon ibn Ubaydullaxon (1509-1550) (1540-1550) Buxoro xoni bo‘lgan shayboniy hukmdor (1540-1550). Ubaydullaxonning o‘g‘li. Dastlab 1538-1539 yillarda Xorazm hokimi bo‘lgan. 1539 yilda otasi Ubaydullaxon vafot etgach, shayboniylar sulolasi vakillari o‘rtasida o‘zaro nizolar avjiga chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi davomi…

Abdulatifxon

Abdulatifxon ibn Ko‘chkunchixon (?-1551 yil, aprel/may) (1540-1551) Samarqand xoni bo‘lgan shayboniy hukmdor. U Ubaydullaxon va Baroqxon bilan birgalikda Xorazmni egallagan (1537-38-y.). 1541 yil Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb e’lon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ygan (1540-50-y.). Baroqxon bilan davomi…

Baroqxon

Navro‘z Ahmadxon ibn Suyunchxoja (?-1556, Samarqand) (1551-1556) Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxojaning kichik o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng Toshkent hokimi (1525-1551-y) so‘ngra Movarounnahr xoni (1551-1556-y.). U yoshligida Vosifiydan she’riyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan ta’lim olgan. Ayni davomi…

Pirmuhammadxon I

Pirmuhammadxon ibn Jonibek sulton (?-1567-y. 12-mart) (1556-1561) Balx hokimi (1546-67). Shayboniylar xoni. Uning davrida Balx hokimligi kuchayib to‘liq mustaqil xonlikka aylangan. Buxoro xoni Abdulaziz (1540-50) Balxning mustaqilligini barham berish maqsadida katta harbiy yurishga otlangan, biroq bu safar unig vafoti tufayli davomi…

Iskandarxon

Iskandarxon ibn Jonibek Sulton (?-1583-y. 22-iyun) (1561-1583) Shayboniylar xoni. Uning onasi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning tog‘asi)ning qizi bo‘lgan. Iskandarnon 15 yoshida Samarqand sug‘diga qarashli Ofarinkent (Miyonkol) nohiyasida hokimlik qilgan, otasi favot etgach (1539-y.), Karmana hokimi bo‘lgan. 1561 yil Iskandarxon davomi…

Abdullaxon II

Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon (1534-Miyonkol, Ofarikent qishlog‘i – 1598 yili 8 fevral Samarqand, Buxoro yaqinida Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) (1583-1598) O‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan eng yirik hukmdor (1583-1598), davlat arbobi, davomi…

Abdulmo‘min

Abdulmo‘min ibn Abdullaxon (1568-1599) (1582-1599) Balx va Badaxshon hokimi (1582-1598). 1598-99 yillarda Buxoro xoni bo‘lgan. 1589 yildan otasi Abdullaxon II bilan munosabatlari keskin yomonlashgan. Chunki Abdullaxon II Hirotni Safaviylardan qaytarib olgach, uni o‘z o‘g‘li qolib, Qulbobo Ko‘kaldoshga in’om qiladi. Buning davomi…