Subhonqulixon

Subhonqulixon ibn Nadrmuhammadxon (1625 yil, Buxoro – 1702 yil 14 -sentabr) (1680-1702) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1651-80 yillarda Balx hokimi.Nadrmuhammadxon Buxoro xoni bo‘lgach, o‘gli Subhonqulixonni Soli Saroy shahri, so‘ngra Balx viloyati hokimi qilib tayinlaydi (1642). Ko‘p o‘tmay u bu lavozimdan davomi…

Ubaydullaxon II

Ubaydullo Muhammad Bahodirxon ibn Subhonqulixon (1681 yil – Buxoro – 1711 yil 16-mart) (1702-1711) Buxoro xoni, ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning o‘g‘li. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq Buxoro ulamolari va qo‘shinning davomi…

Abulfayzxon

Abulfayzxon ibn Subhonqulixon (1695-1747) (1711-1747) Ubaydullaxonning inisi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. U hech qanday real hokimyatga ega emas, kundan-kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo‘lida bir ,,qo‘g‘irchoq” hukmdor edi, xolos.Uning davrida keyinchalik mang‘itlar davlatining tashkil topishiga sababchi davomi…

Abdulmo‘minxon

Abdulmo‘min ibn Abulfayzxon (1738 yil – Buxoro – 1751 yil) (1747-1751) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Abulfayzxonning o‘g‘li. Abulfayzxonning yetti farzandi bor edi. U mast chog‘ida ularni o‘limga mahkum etadi. Hali go‘dak bo‘lgan Abdulmo‘mingina taxt ostiga yashirinib, omon qoladi. Abulfayzxon o‘limidan davomi…

Ubaydullaxon III

Ubaydullaxon ibn Abdulmo‘minxon (tug‘ilgan va o‘lgan yili nom’alum) (1751-1754) Ashtarxoniylar sulolasining so‘ngi hukmdori. Davlat boshqaruvida hech qanday ro‘l o‘ynamagan edi. Davlat boshqaruvi butunlay mang‘itlar qo‘lida bo‘lgan. U mang‘itlar amiri Muhammad Rahimbiyga tamomila bo‘ysungan. Muhammad Rahimbiy buyrug‘i bilan taxtdan voz kechgan. davomi…

Muhammad Rahim

Muhammad Rahim ibn Muhammad Hakimbiy (1709-1758 yil 24 mart), (1756-1758) Muhammad Rahim otaliq, mang‘itlar sulolasining asoschisi, qushbegi, 1756-1758 yillarda rasman Buxoro xoni (1747 yildan amalda), otasi – Muhammad Hakimbiyning ko‘magi bilan ashtarxoniy hukmdor Abulfayzxon saroyida bosh vazirlik lavozimida hizmat qilgan. davomi…

Doniyolbiy

Doniyolbiy otaliq (Doniyolbiy ibn Xudoyorbiy) (?-1785) (1758-1785) Mang‘itlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758 yil 24-martda Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari bo‘lmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi – Fozilto‘ra o‘tqazilgan, Miyonkol hokimi bo‘lgan Doniyolbiy unga davomi…

Amir Shohmurod

Shohmurod ibn Doniyolbiy (1749-1800) (1785-1800) Buxoro amiri. Mang‘itlardan bo‘lgan. Yoshligidan xudojoy, porso bo‘lib o‘sgan. Madrasani bitirib darvishlik suluki soliklaridan biriga aylanadi. Shuning uchun xalq uni hurmat bilan “amiri ma’sum” (begunoh amir) unvonini bergan. Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan davomi…

Amir Haydar

Amir Haydar ibn Shohmurod (1800-1826) Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm suradi, ya’ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik – xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar avjiga chiqadi davomi…

Amir Nasrullo

Nasrulloxon ibn Amir Haydar (1806 yil 1 iyun – 1860 yil 21 sentabr) (1826-1860) Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri. Otasi Amir Haydar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. 1826 yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning ikki akasi davomi…