Hoji Muin. Namoyish to‘g‘risinda (1917)

Yaqinda Turkiston musulmonlarining Xo‘qandda bo‘lgon 4-qurultoyinda (bilittifoq) «Turkiston yerlik Muxtoriyati»g‘a qaror berilib, e’lon qiling‘onlig‘i va bu munosabat bilan Xo‘qandda zo‘r namoyish bo‘lg‘onlig‘i ma’lumdir. Eshitishimizga ko‘ra, bu kunlarda Andijon, Namangon va Toshkandda ham musulmonlar tarafidan «Muxtoriyat» foydasig‘a tantanalik suratda ulug‘ namoyishlar davomi…

Hoji Muin. Bolsheviklar va biz (1918)

Rusiya inqilobining sakkizinchi oyinda, bolsheviklarning «Dushman bilan yarashib, mamlakatni halokatdan qutqaramiz!» deb qilich quvvatila hukumatni Kirinskiydan tortib olg‘onlari va o‘shal kundan e’tiboran Turkistonning markazi bo‘lg‘on Toshkandda ham qancha qonlar to‘kub, hukumat idorasini o‘z qo‘llarig‘a olg‘onlari, ammo hozirgacha xalq va mamlakat davomi…

Hoji Muin. Kattaqo‘rg‘on xotiralari (1917)

41nchi raqamli «Hurriyat»da g‘azetani davom qildirmoq uchun noshirlari tarafindan berilg‘on qaror va obuna olmoq to‘g‘risinda manim Katgaqo‘rg‘ong‘a yuborilmoqlig‘im yozilg‘on edi. Mana, mazkur qarordan bir necha kun o‘tgandan so‘ngra xususiy ishlarimni bitkurib, 20nchi o‘ktabrda Kattaqo‘rg‘ong‘a bormoq uchun yo‘lg‘a chiqdim. Vag‘unda 2-3 davomi…

Hoji Muin. Taassuflik holatdamiz (1914)

Zamonning oinai jahonnamosi bo‘lgan jarida, majalla va tarix sahifalarini diqqat ila mutolaa etsak ko‘raramizkim, o‘zga qavm va millatlar ilm va hunar xosiyati ila oz bir zamonda butun jahonni tasxir etdilar. Musulmon hukmdorlari (o‘zlarining zamon iqtizosincha harakat qilmagonlari uchun) asir va davomi…

Hoji Muin. Istiqbol qayg‘usi (1913)

Ma’lumdirki, har millatning taraqqiysi ilm ila bo‘lub, ilmi bor millatning istiqboli munavvar va o‘zi osoyishda ham ajnabiylar qoshida mahobatlik va hurmatlik ko‘rinur. Sohibi ilm va mutaraqqiy millatlarning alomatlarindan ba’zisi shulki, ibtidoiy maktablari muntazam bo‘lub, o‘rta va oliy har turli madrasalari davomi…

Hoji Muin. Muhtaram shuaromizga (1913)

(To‘g‘ri so‘zlar so‘zlaram mumkin qadar, Xoh onam ranjisun, xohi padar). Uxlab qolgan kishilarni boshlab muloyim ovoz ila uyg‘otmoq odobdandur. Sado kifoyat etmaganda mutlaqo turtib uyg‘otmoqg‘a majburiyat ko‘rilur. Men ham ushbu qoidani rioya qilub, ahvoli olam va iqtizoi zamondin oz xabarlik davomi…

Hoji Muin. Yangi asar (1914)

«Oyna» jurnali muharriri Mahmudxo‘ja afandi «Padarkush yoki o‘qumag‘on bolaning holi» ismli tiyotruga qo‘ymak uchun maxsus bir risola tahrir va nashr etubdurlarki, o‘qub chiqduk. Turkiston shevasig‘a yozilg‘on ushbu risolada Turkiston maishatidin bir fojeani g‘oyat muassir ravishda tasvir etilmishdur. Bu risolaning xulosa davomi…