«Titanik» haybatining siri

«Inson aksariyat o‘zi ilohlashtirgan narsasi bilan jazolantiriladi» (E. Gurdog‘an).

Shu paytgacha hali bunday katta kema qurilmagan edi. Kemani tayyorlashda 17000 ishchi ishlagan, muhandislar barcha mahoratlarini ishga solib, eng ustun texnologiyasini ishlatgan edilar. Juda ham dabdabali va xavf-xatar uchun hamma narsa o‘ylab qo‘yilgan edi. Qurganlar ko‘kraklariga urib maqtanishgan va bahaybat kemaga o‘ziga mos nom ham topildi: TITANIK.

Titanik nomi Grek mifologiyasida tabiat va dengizga qarshi urush ochgan uydirma tangri nomidan olingan. O‘ziga o‘ta ishongan bu kemaning okeandagi ilk safari uning so‘nggi safari bo‘ldi. U aysbergga urildi va okeanning  chuqur   qorong‘uliklariga   ko‘mildi.   O‘yin-kulgi,  xushchaqchaq ovozlar o‘rnini o‘lim vahimalari egalladi va kema yuzlab yo‘lovchisi bilan birga suvga cho‘kdi.

Titanikning eng katta xususiyati ishonchli ekanligida edi. Kema kutilmagan vaziyatda zarar ko‘rsa, boshqa qismlar evaziga muvozanatini saqlashi mo‘ljallangan edi. Kema gavdasini tayyorlashda ishlatilgan po‘lat konstruksiya mukammal himoya kamari edi. Boshqa bir kema bilan to‘qnashish kabi o‘ta yomon holatlarda ham kamida uch kun suv ustida tura oladigan va bu orada yo‘lovchilarni qutqarish o‘ylab qo‘yilgandi. Titanik tarixga o‘zining mukammal hususiyatlari bilan emas, balki boshiga kelgan alamli halokati bilan muhrlandi. Ammo insonlar uchun ibrat olish qanday qiyin! Mana sizga yaqin zamondan misol: «Zilzilani yengdik, Tangri va duoga ehtiyojimiz yo‘q», degan yaponlarning Kobe shahridagi «muhandislik mo‘jizasi» deyilgan «chidamli» binolar qog‘oz o‘yinchoqlarday parchalandi. Bu zilzila yaponlarga Allohning qonunidan ustun hech bir qonun yo‘qligini anglashlari uchun foydali bo‘lgandir, balki…

Halokatdan qutulganlarning aytishicha, o‘sha kecha juda ham g‘alati bo‘lgan. Qisqa fursatda havo ham, hatto oy ham qorayib ketgan.

Titanikning kapitani kemaga bo‘lgan cheksiz ishonchi bilan radariga qaradi va yo‘lida davom etdi. Titanik qorong‘ulik ichiga qarab yuradi. Havo harorati muzlash darajasiga keladi. Orada ko‘rish masofasi shunchalik qisqaradiki, yordamchisi kapitanni qattiq ogohlantirishga majbur bo‘ladi. Kapitanning esa parvoi falak edi. Tun yarmiga kelganda kema nazorat joyidan qattiq baqirish eshitildi:

— Aysbergga urilamiz!

Barcha signallar harakatlantirildi. Kema yo‘lida qusursiz davom etardi. Kichik bir harakatga ulgurilmadi va Titanik aysbergga chap tomoni bilan urildi. Kapitan uchun qo‘rquvga hojat yo‘q edi. Nima bo‘lsa ham muhandislar hamma narsani o‘ylab qo‘ygan edilar.

Ammo taqdir tushunchalar bilan chegaralangan emas. Eng nozik hisoblar bilan barpo qilingan va «kichik bir hisob xatosi» hamma narsani ostin-ustun qilib tashladi. Uyg‘oq odamlar qayiqlarga yugurdi. Bir soat ichida bir dona qayiq suvga tushirildi. Uch kungacha botmaydi deyilgan Titanik uch soatlik chirpanish orqasidan okeanning 3128 metr chuqurlikdagi qa’riga ko‘milib ketdi.

80 yildan keyin (1992 yilda) topilgan Titanik qoldiqlari suv ostidan chiqarildi. Kanadalik tadqiqotchilarni hayratda qoldirgan narsa kemadagi po‘latning umuman zanglamasdan turishi edi.

Suv ostida qilingan tadqiqotlar Titanikning urilgan tomonida ajoyib nuqtalarni aniqladilar. Kema aysbergga shunday nuqtadan urilgandiki, o‘sha nuqtadan boshqa joyga urilsa, zarar ancha oz bo‘lishi mumkin edi.

Halokatga sabab bo‘lgan «mayda» shartlar ko‘p. Ammo oxirgi texnologiya mahsuloti bo‘lgan bu «qusursiz» kemaning cho‘kishida taqdir taqozosi borligi aniq. O‘zini koinotda yagona kuch deb e’lon qilgan inson Titanik bilan birga okean tubiga cho‘kdi. Qog‘ozdan yasalgandek ikkiga bo‘linib, tezlik bilan cho‘kkan bu kema yuzlab yo‘lovchisi bilan: «Bu kemani Alloh ham cho‘ktirolmaydi», degan yigirmanchi asr fira’avnlarini ham dog‘da qoldirdi.

Kanadalik mutaxassislar tadqiqotlaridan so‘ng Titanikni «1912 Chelenjeri» deb nomladilar.Chunki, ikki halokatning ham bir xil texnik sabablari bor edi. Ular fikricha, Titanik uchun nosoz po‘lat, Chelenjer uchun esa noto‘g‘ri kauchuk ishlatilishi edi. Ammo Titanik va Chelenjerning orasidagi o‘xshashlik bu bilan tugamaydi.

Titanik qanday okeanga ko‘krak kergan bo‘lsa, Chelenjer ham ko‘klarga shunday qilgandi. Chunki Chelenjer ham «Ko‘krak kerish, katta ketish» degan ma’noni anglatadi. Zafar va shon-shuhrat ishoralari bilan ko‘tarilgan koinot kemasi qisqa vaqt orasida, millionlab insonning ko‘z o‘ngida yondi va ichidagilar bilan birga kulga aylandi.

«Ilohiy mo‘jizalar-6» kitobidan olindi.