Boyarkadagi bu ko‘chada vaqt xuddi o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida to‘xtab qolganga o‘xshaydi. Bu yerda baland imoratlar yo‘q, taxta devorlar chirib ketgan, katta-katta ko‘lmaklar esa yoz jaziramasida ham qurimaydi. Aynan mana shu yerda Rudg‘kolar oilasi yashardi. Oila boshlig‘i Stepan Alekseevich bir paytlar qurilish brigadiri bo‘lib ishlagandi. Uning xotini Praskovya Ivanovna uyda o‘tirar va besh nafar farzandi: Vasiliy, Valeriy, Tatg‘yana, Oksana va Olyalarning tarbiyasi bilan mashg‘ul edi. Stepan Alekseevich nafaqaga chiqqanidan keyin, uy bekasi samogon tayyorlab tirikchilik o‘tkazardi. Oila so‘nggi marta 2002 yilni to‘liq tarkibda kutib oldi. Ikki yarim yildan so‘ng ulardan faqatgina Oksana tirik qoldi.
2002 YIL. STEPAN ALEKSEEVICh
2002 yilning 21 aprelida Stepan Alekseevich kartoshkalarni saralash uchun yerto‘laga tushdi. Praskovg‘ya Ivanovna erini qo‘shnisinikiga karta o‘ynagani chiqib ketgan deb o‘ylab uning uzoq vaqt yo‘q bo‘lib ketganligidan tashvishlanmadi. U televizor ko‘rib uxlab qoldi. Yarim tunda uyg‘onib ketib, tashvishga tushdi: eri qanchalik mast bo‘lmasin, uyga baribir kelardi! Hovliga chiqib omborni, hammomni qaradi. Ertalab yerto‘laga tushdi. Erining jasadi kartoshkalar ustida yotardi… tergovchi va sud tibbiyot eksperti bir xulosaga kelishdi – baxtsiz hodisa. Yerto‘ladagi mo‘ri to‘lib qolgan va zaharli havodan Stepan Alekssevich avval hushidan ketgan, so‘ng bo‘g‘ilib o‘lgan.
2002 YIL. PRASKOVYa IVANOVNA VA OLGA
Praskovya Rudko erining o‘limiga ikki oy kuyindi va 21 iyun kuni vafot etdi. o‘sha tongda u ombor orqasidagi olchani tergani daraxtga chiqdi. Pastki shoxlardagi mevalarni terib bo‘lgan ayol narvonning eng yuqori pog‘onasiga chiqdi. Narvon qiyshayib ag‘anab ketdi. Praskovya Ivanovna shoxni ushladi, ammo shox sinib ketdi. Yiqilgan ayol boshi bilan ombor devorining qirrasiga urildi… Qo‘lida ezilib ketgan olchalarni g‘ijimlagancha ko‘zi ochiq holda yotgan onasini Olga ko‘rib qoldi.
– Alekseevich narigi dunyoda ham Praskovyasiz yashay olmabdi-da, – deyishdi qo‘shnilar.
Qirqinchi kuni uni xotirlash marosimi o‘tkazildi. Kun isib ketgani uchun narigi stolda o‘tirgan qo‘shni bolalar cho‘milgani ketishdi. 11 yoshli Olya ham indamay ular bilan jo‘nab qoldi. Bir soatdan keyin ikkita qizaloq azadagilar oldiga yugurib kelishdi va «Olyaning ko‘lda yo‘qolib qolganini, bolalar uni izlab topa olishmayotganligini» aytishdi. Hamma ko‘l tomon chopdi. Olyani ikki soatdan so‘ng ko‘l qirg‘og‘idan topishdi. Uning tizza bo‘yi suvda qanday cho‘kib ketishi mumkinligi tushunarsiz edi… Uni ota-onasi qabri yoniga qo‘yishdi.
2003 YIL. TATYaNA, UNING ERI PYoTR, ULARNING QIZI LENA
Rudkolarning katta qizi Tatyana 1994 yilda o‘sha yerlik Pyotr ismli yigitga turmushga chiqqandi. o‘sha paytda Pyotr ishsiz qolgandi. U Moskvaga kolbasa, salo va meva-cheva olib borib sotardi. Ikki yildan so‘ng qizi Lena tug‘ildi. Ular Tatyananing ota-onasi yashaydigan uyga ko‘chib kelishdi. Pyotr unda-bunda ishlab pul topar, xotini uyda o‘tirar, katta Rudko esa ularni tekinxo‘r deb so‘kardi. Tatyana tushkunlikka tushib, onasining samogonidan icha boshladi. Ota-onasi va singlisining o‘limidan keyin esa butunlay g‘amga botib qoldi. Pyotr xususiy korxonaga ishga joylashib, yaxshigina daromad topa boshlagani ham unga tahsir qilmadi. 13 fevral kuni ishdan qaytgan Pyotr xotinining o‘zini osib qo‘yganligini ko‘rdi. o‘limidan oldin yozgan xatida u «Ketdim. Tatyana» deb yozgandi xolos… Aprelning boshlarida kutilmaganda havo sovib ketdi. Aka-uka Rudkolar hammomda bir cho‘milib, bug‘lanmoqchi bo‘lishdi. Birinchi bo‘lib hammomga Pyotrni qizi bilan kirishni taklif qilishdi, chunki kichkina Lena ertaroq uxlashi kerak edi
. Ikki soatdan keyin Vasiliy va Valeriy tashvishlanib qolishdi: ota-bola hammomdan chiqishmagandi. Aka-ukalar eshikni taqillatishdi, lekin hech kim javob bermadi. Shunda Vasiliy ichkariga mo‘raladi: Pyotr qizi bilan uxlayotgandek yotardi. Ekspertiza ularning is gazidan vafot etishganini aniqladi… o‘n yarim oy ichida Rudkolarning uyidan oltita o‘lik olib chiqishdi. Beshta baxtsiz hodisa va bitta o‘z joniga suiqasd.
2004 YIL. VALERIY VA VASILIY
Aka-ukalarning oilaviy baxti yurishmagandi. Ikkalasi ham 1991 yilda uylanishgan, ammo keyin ajrashib ketishgandi. Qator o‘limlardan keyin ular uyda o‘zlari qolishdi. Oksana eri va o‘g‘li bilan boshqa joyda yashardi.
Iyulda uyga gaz idorasidan kelishdi va agar oy oxirigacha 1700 griven qarz to‘lanmasa, gaz berish to‘xtatilishi haqida ogohlantirishdi. Mahlum bo‘lishicha, ota-onasining o‘limidan so‘ng gazga hech kim pul to‘lamagan ekan. Valeriy o‘lib ketganlar uchun ham pul to‘lashni istamadi, araqxo‘r Vasiliyda esa pul yo‘q edi. Gazchilardan keyin elektr tarmoqlaridan kelishdi va qarzdorligi uchun elektrni uzib ketishdi. Shu bilan bir paytda quduqdan suv tortadigan elektronasos ham to‘xtab, suv ham chiqmay qoldi. Valeriy avgust oxirida yo‘qolib qoldi. Uni suv ichish uchun quduq yoniga kelgan Vasiliy topib oldi. Quduqqa tashlangan paqir nimagadir ilinib qoldi va tashqariga chiqmadi. U Oksananing erini chaqirib keldi. Ular fonar yordamida quduq ichida Valeriyning jasadi yotganligini ko‘rishdi… Yana militsiya keldi. Jasad bilan birga poliyetilen xaltachalarga solingan kolbasa, saryog‘ va salolarni chiqarib olishdi. Mahlum bo‘lishicha, Valeriy ukasidan yashirincha olib kelgan mahsulotlarini shu usulda saqlar ekan. «Chamasi, x
altachaga bog‘langan ip Valeriyning qo‘lidan chiqib ketgan. U ipni ushlayman deb keskin engashganida o‘zi ham pastga qulagan», deb xulosa chiqardi tergovchi. Kuzda yolg‘iz o‘zi qolgan Vasiliy uyidagi bor narsani sotib ichdi. Oxirgi marta u muzlatgichni bir yashik araqqa almashtirdi. Bo‘kib ichgan Vasiliy 17 oktyabr kuni uxlagani yotdi va qaytib uyg‘onmadi…
2005 YIL
– Bu uy butun oilamizning qotiliga aylandi, – deydi Rudkolar ichida tirik qolgan yagona oila a’zosi Oksana. – Men boshqa joyda yashaganim uchun tirik qoldim shekilli.
Yozda u uyni o‘z nomiga rasmiylashtirdi va sotuvga qo‘ydi. Uyni sotib oladigan xaridorlar ko‘p chiqdi, ammo qo‘shnilar bilan gaplashishganidan keyin sotib olish fikridan voz kechishyapti.
DARVOQE
Bu uydagi hayvonlarning ham hayotiga havas qilib bo‘lmaydi. 2000 yilda Rudkolar cho‘chqa va echki boqib olishgandi. Uyni it qo‘riqlar, mushuklari esa sichqon ovlardi. Stepan Alekseevichning o‘limidan keyin dastlab it kasal bo‘lib qoldi. U hech narsa yemas va tuni bilan uvillab chiqardi. o‘n kundan keyin u jon berdi. Praskovya Ivanovning o‘limidan bir hafta oldin cho‘chqani ovqat yemay qo‘yganligi uchun so‘yib yuborishdi. Uy bekasining o‘limidan bir hafta o‘tgach, echki ham o‘ldi.
Olganing o‘limidan keyin mushuk bu ko‘chalarda kamdan-kam uchraydigan mashina ostida qoldi. Vasiliy o‘limidan sal oldin Oksanaga bu uydan hatto sichqonlar ham qochib ketishganini, kechalari uyda yotishdan qo‘rqayotganini aytib, hasrat qilgandi…
Dilshodbek tayyorladi