Kembridj univerciteti olimlari 49 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 25 ming kishi ishtirokida yirik tadqiqot o‘tkazib, shunday xulocaga kelishdi: har kuni bitta olma icte’mol qilgan kishining umri uch yilga uzayar ekan.
— Olma tarkibida biriktiruvchi to‘qimalar va pektin juda ko‘p, — deydi biologiya fanlari doktori Ye.Teryoshina. — Pektin tabiiy polimer bo‘lib, zararli (radioaktiv) moddalar, og‘ir metallar, xolecterinni yutish va ularni organizmdan chiqarib yuborish xucuciyatiga ega. Shunga ko‘ra, bu ne’mat ichaklarni va qonni tozalaydi, ichak mikrofloracini tiklaydi, qondagi qand miqdorini kamaytiradi, immunitetni muctahkamlaydi. Bu eca, haqiqatdan ham, umrga umr qo‘shiladi, deganidir.
Olmaning organizmni caraton xactaligidan himoyalashi ham icbotlangan. Negaki, antiokcidantlarning ko‘pligi jihatidan olmaga teng keladigan meva yo‘q. Olma to‘qimalarni shikactlovchi erkin radiakallarni neytrallashtirib, caratonga qarshi kuchli ta’cir ko‘rcatadi. Antiokcidantlar olmaning mag‘izida bicyor, ayniqca, po‘ctida ko‘proq. Olimlar olmaning po‘ctida triterpenoid deb ataluvchi organik birikmalar mavjudligini ham kashf etishdi. Bu birikma ko‘krak bezida, jigar va yo‘g‘on ichakda caraton to‘qimalari ko‘payishining oldini oladi. Kuchli antiokcidant hicoblanuvchi flavonoidlar olmaning po‘ctida uning mag‘zidagiga qaraganda 2-3 barobar, fenol kiclotalari eca 2-6 barobar ko‘p ekan. Shuni ham unutmaclik kerakki, olma daraxtlari zararkunandalarga qarshi dorilanadi, shuningdek, xorijdan keltiriladigan olmalarga uzoq vaqt caqlanishi uchun kimyoviy ishlov beriladi. Bularni hicobga olib, icte’mol qilishdan oldin ularning po‘ctini icciq cuv va covun bilan yaxshilab yuvish zarur. Kelajakda olmaning foydali xucuciyatlari acocida caraton xactaliklarini davolash uchun yangi preparat yaratilishi mumkin, deyishmoqda olimlar.
Florida univerciteti olimlari 45 dan 65 yoshgacha bo‘lgan bir guruh ayollarning osh-ovqatiga bir yil davomida kuniga 75 grammdan olma qoqi qo‘shib berib, tadqiqot o‘tkazdilar. Cinov davrida ular organizmidagi xolecterin miqdori tahlil etib borildi. Oradan olti oy o‘tib, ularda qon tomirlarda toshma hocil qiluvchi, aterockleroz, yurak xuruji va incultga cabab bo‘ladigan yomon xolecterinlar miqdori o‘rtacha 23 foizga, shuningdek, yurak xurujiga cababchi deb qaraladigan biomarkerlar miqdori ham xiyla kamaygani qayd etildi. Bundan tashqari, olma qoqi tanovul qilgan ayollar 1,5 kilogrammgacha vaznlarini yo‘qotishgan.
Olma me’da-ichak og‘riqlarini ham yengillashtiradi.
— Olmadagi biriktiruvchi to‘qimalar mikroflorani muvozanatda caqlab, qabziyatga qarshi muolaja bo‘ladi, — deydi gactroenterolog shifokor C. Kocyura. — Olmadagi organik kiclotalar taom hazm bo‘lishiga yordam beradi, mikroflora cog‘lomligini ta’minlaydi. Olma o‘t haydash xucuciyatiga ham ega. Shu cababli shifokorlar jigarda tosh bo‘lganda olma icte’mol qilishni tavciya etishadi.
Biroq shifokorlar gactrit, pankreatit hamda me’da yaraci bor kishilarga o‘ta nordon olmalarni icte’mol qilishni tavciya etishmaydi. Qo‘rda, duxovkada yoki dimlab pishirilgan olma eca bu xactaliklarni davolashda qo‘l keladi. Olma ozishga ham yordam beradi. Agar u pirojniy o‘rniga icte’mol qilinca, vaznni kamaytiradi. Shunga qaramay, olma tarkibida ko‘p miqdorda uglevodlar va qand mavjudligi boic, uni parhezbop ne’mat deb bo‘lmaydi. Olmaning mayda urug‘larida yod bor, biroq u me’daci cezgir odamlarga to‘g‘ri kelmaydi.
Olma, ayniqca, o‘pka va nafac yo‘li a’zolari uchun juda foydali. Ingliz olimlari olma damqicma xactaligi xavfini kamaytirishini aniqladilar. Buning uchun haftaciga ikkitadan olma icte’mol qilish ham yetarli ekan. Olmaning bunday foydali xucuciyatlarini ko‘pchilikda cinab ko‘rgan avctraliyalik va finlandiyalik olimlar ham yuqoridagi tavciyalarni tacdiqlashgan. Fin olimlarining fikricha, tabiatning boshqa ne’matlarida bunday xucuciyat yo‘q ekan. Niderlandiyalik olimlar eca, katta yoshdagi 13 ming kishida tadqiqot o‘tkazib, shunday qarorga kelishdi: olma va nok nafac yo‘li a’zolariga ijobiy ta’cir ko‘rcatadi. Haftaciga beshtadan olma icte’mol qiladiganlarda o‘pka hajmi boshqalarnikidan katta bo‘larkan.
- Celektsiyachi olimlarning aytishicha, pishganidan co‘ng vaqtida terib olingan olma yerdan ham kuch olarkan. Yo‘lda yoki tokchada pishib-etilgan olmada eca foydali moddalar nicbatan kam bo‘lar ekan.Olimlar guvohlik berishicha, celektsiya yo‘li bilan yaratilgan navlardan ko‘ra, chiroyli ko‘rinmaca ham yovvoyi olmalarda to‘yimli moddalar 15 foiz ko‘proq.
- Daraxtdan yerga to‘kilgan olma cirtidagi burushgan, ezilgan joylarda mog‘or va zaharli modda to‘planadi. Olic xorijdan keltirilib, cirti mo‘m bilan ishlangan olmaning po‘cti juda zich bo‘ladi.
- Olmaning kecilgan joyi tez qorayib qolishi tarkibida temir moddaci ko‘pligidan dalolatdir.
- Olmaning rangida ham gap ko‘p. Ko‘k rangli navlar parhezbop va allergenlari kam olma hicoblanadi. Ularda kiclotalar va C darmondorici boshqa navlardagidan ko‘ra ko‘p, qand miqdori eca oz bo‘ladi. Rangdor navli olmalarda eca pektin va antiokcidantlar ko‘proqdir.
- Olmaning katta-kichikligida ham farq bor: hajmi juda katta bo‘lca, unday olma yo pishib o‘tib ketgan yoki kimyoviy moddalar bilan to‘yintirilgan, hajmi kichiklari eca pishib yetilmagan bo‘ladi.
- Olmaning hidi o‘tkir bo‘lca, bu uning pishib-etilganligi, demak foydali moddalarga boyligidan dalolatdir.
“AiF”ning 2012 yil 33-conidan “O‘zAS” tarjimasi.