Mashhur uyqusizlar

Qirq besh yoshli Konard Fondershtrass Germa­niya­ning Frayberg shahri  klinikasiga bir necha oylardan beri uxla­mayotganligidan nolib kelga­nida, shifokorlar uning chindan ham uyqusizlik kasaliga duchor bo‘lganligiga ishonishmadi. Olimlar  xulosasiga ko‘ra, har qanday inson bunday uzoq muddatda baribir bir-ikki soat mizg‘ib olishi kerak.

Bemorning kasalligini aniqlash uchun unga 8 soatlik maxsus moslama ulab, uyqusizligini tekshirib ko‘rmoq­chi bo‘lishdi.  Belgilangan muddat ichida Konard atigi bir necha minutgina pinakka ketdi, qolgan vaqtlarda esa tamoman o‘zini hushyor tutdi.

Fondershtrassning qisqa mud­datli uyqu­sida hech qanday o‘z­ga­rish sezilmadi, ya’ni hushyorlikda kechdi.  Shifokorlar to‘plagan ma’lumotlar ularning mijozi  to‘rt-besh oydan beri uxlamagan degan xulosani keltirib chiqardi.

Bemorni tekshirib ko‘rgan shifokorlar «Lantset» jurnalida maqolalar e’lon qilishdi. Olimlar bir necha yillardan beri xuddi ana shu kasallik ustida ish olib borayotganliklarini ma’lum qildilar. Ular inson o‘z asab­larini ishdan chiqazmay, qancha vaqt uyqusiz yura olishi mumkin va bu uning organlari faoliyatiga – immun va garmon tizimiga, qon bosimiga qanchalik ta’sir qilishi mumkin, kabi bir qator savollarga o‘z munosabat­larini bildirdilar.

Avvallari bir qator muta­xassislar va harbiy shifokorlar uyqusizlik ustida eksperi­mentlar o‘tkazib, inson uch kundan ortiq uyqusizlikka chiday olmaydi degan xulosaga kelishgandi.

Amerikada 17 yoshli o‘quv­chi Rendi Gardner 1965 yilda 11 sutka uxlamay Gin­nesning rekordlar kitobiga kirgandi. O‘sha payt­dagi bu antiqa eksperiment yigit­chaning aqliy faoliyatida zarracha ham nuqson bo‘lmaganligini isbotlagandi. Tajribadan so‘ng, u 15 soat uxlab olib, ertasiga hech narsa ko‘rmaganday, maktabga ketgandi.

Fondershtrassning  uyqusizligi Gardner o‘rnat­gan rekorddan ham ustun keldi. Uning bu ko‘rsatkichi ham Ginness kitobiga kiritildi. Qizig‘i shundaki, Konard bu rekordni o‘zi istamagan holda amalga oshirdi. Shuncha kun uyqusiz yurganiga qaramay, uning sog‘ligida hech qanday kuchsizlik sezilmadi. U yana bir necha oy uxlamaganida ham sog‘ligiga  xavf tahdid qilmaydi.

Rossiya olimlil A.M.Veyn: «Inson mutlaqo uxlamasa ham bo‘ladi, «»uyqusizlik» atamasi bo‘lmagan gap», – degan fikrni olg‘a surdi.

«Shpigel» jurnalining yozi­shiga ko‘ra uyqusizlik haqida yuzlab hodisalar qayd qilingan. Ular «fatal o‘zga­rish»lar tufayli azob chekib, nihoyat vafot etishgan, ammo ularning o‘limiga sabab uyqu bo‘lmay, genetik yetish­movchilik ko‘r­satilgan. Bularning bar­chasi ma­salaning yechimini topish yo‘lidagi bir urinishlar natija­sidir.

Olimlarni asosan bemor­ning ruhi qiziqtiradi, qarangki, Fondershtrass ko‘p oylik uyqusizlikda ham ruhiyatini yaxshi saqlab qolgan. Uyqusizlik turli-tuman baxt­sizlikdan, alkogolni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishdan, ruhiy kechinmalar, ko‘ngilsizlikdan kelib chiqadi. Shunday ekan, bu kasallikdan himoyalanishning eng kuchli usuli ruhan tetik va albatta, hayotdan mamnunlik hissini shakllantirishdir.

Albatta, yuqoridagi “qah­ra­mon”larimizga ergashib, uyqusizlikni sinab ko‘rish yaramaydi. Zero, uyqu insonni jismonan va aqlan baquvvat saqlab turuvchi muhim hodisadir.

 

Yusuf Xushvaqtov tayyorladi.