Mashhur so‘zlar: “vaqt”dan “tinchlik”kacha

«Mehnat qilish» emas — «dam olish», «echim» emas — «muammo», «ayol» emas — «erkak» so‘zlari o‘z antonimlariga nisbatan bir kunda odamlar tomonidan ikki marta ko‘proq talaffuz qilinadi.
«Shaxs». Jinsni anglatmaydigan ushbu so‘z sherigi «narsa» bilan eng ko‘p ishlatiladigan «leksik xomashyolar»dan sanaladi. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich «vaqt» so‘ziga tegishli: «soat necha bo‘ldi?», «boshqa vaqtim yo‘q», «vaqti keldi», «vaqt o‘tdi» kabi. Mashhur Oksford lug‘atlarini yaratgan olimlarning fikricha, anglosakson dunyosida «time» so‘zini hayotda qo‘llashda rekord natijaga erishilgan. Uning qatoriga «ayni payt», «bugun», «shu hafta», «shu yil» va hatto «butun hayot» kabi vaqt hamda paytni anglatuvchi lekcik birliklarni qo‘shish mumkin. Ularda yashashga bo‘lgan ishtiyoq sezilib turadi.

Bugungi kunda sayyoramizdagi eng keng tarqalgan til inglizlarniki. U yuzma-yuz va boshqa usullar vositasida, masalan, internet, telefon orqali so‘zlashuvda eng yuqori o‘rinda turadi. Onlayn-nashrlar, yangiliklar, badiiy va ilmiy asarlarning ko‘pchiligi ushbu tilda yozilgan. Oksford universitetida xuddi shu holatni o‘rganib chiqqan mutaxassislar zamonaviy atamalar, jumladan, sms, chat, smart, reset va kool kabilar ishlatiladigan hududlarni o‘rganib chiqishib, ayni paytda yirik lug‘atning 11-nashrini chop ettirish arafasida turibdilar. Ularning maqsadi tilning qay tarzda o‘zgarayotgani, uning rivojlanish sur’ati qandayligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotchilarning e’tiboridan internet tili, neologizmlardan tashqari varvarizmlar ham chetda qolmagan. Oxirgi chiqarilgan xulosalarga ko‘ra, ingliz tili 1066 yili normanlar anglosaksonlardan yerlarni tortib olgandagi holatiga nisbatan unchalik ham o‘zgarmagan. Sababi — so‘zlarning  juda kuchli o‘zakka ega ekanligidir. Ular oson «bukilish»i mumkin, ammo bu so‘z asosiga kuchli ta’sir qila olmaydi. Shuning uchun XXI asrdagi ingliz tili odami XI asrdagi ajdodining asarlarini tushunishi unchalik qiyin kechmaydi.

Bugun birinchi o‘ringa vaqt masalasi chiqqan, shuning uchun ham ushbu so‘z eng ko‘p ishlatiladigan lektsik birliklar ro‘yxatida yakka peshqadamdir. Ikkinchi o‘rinda «shaxs» (person), to‘rtinchi o‘rinda «yo‘l», «vosita» va yana boshqa ko‘plab (ingliz tilida 18 ta) ma’noni anglatuvchi «way» so‘zi borayapti. «Thing» («narsa», «predmet», «kimdir», «nimadir», «hech narsa») — 6-o‘rin. Eslatib o‘tamiz, u matnda boshqa ma’no turlarini ham keltirib chiqaradi.

«Erkak» so‘zi 7-o‘rinda bo‘lsa, «ayol» 14-o‘rinda. «Urush» 49-o‘rinda ekanligini eshitib, xursand bo‘lishga shoshilmang, chunki «tinchlik» 100-qatorda. Qiziq tomoni — 16-pozitsiyadagi «ish» so‘zining antonimlari — «o‘yin-kulgi» va «hordiq» kabilar hatto dastlabki yuztalikka ham kira olmagan. «Pul» 65-o‘rinda, «muammo» 24-o‘rinda tilga olinsa, «echim» ularning qatorida yo‘q. «Qo‘llar» «ko‘zlar»ni ortda qoldirmoqda — 10 va 13-o‘rinlar. «Hukumat» so‘zi eng ko‘p ishlatiladigan eng uzun so‘zga aylandi.

Zamonaviy dunyoda so‘zlarni qo‘llash shunday ko‘rinish olgan.

Saidjon Maxsumov tayyorladi.
“Ma’rifat” gazetasidan olindi.