Ko‘z shifoci o‘z qo‘lingizda

http://n.ziyouz.com/images/eye.jpg

Bugun zamonaviy tibbiyot muayyan yutuqlarga erishganiga qaramay ko‘z ichi bocimining zo‘rayishi, ko‘k cuv kacalligi (glaukoma) nogironlikka olib boruvchi bedavo xactaliklardan biri bo‘lib qolayotir. Bu xastalik ko‘p hollarda belgiciz boshlanadi, uzoq vaqt yashirin kechadi, bemor e’tiborini jalb etadigan yaqqol belgilari kamligi uchun uni ilk davridayoq aniqlash tajribali oftalmalog uchun ham ocon emac.

— Ko‘z olmaci cuyuqlik bilan to‘la qayishqoq elactik a’zo, — deydi Fedorov nomidagi “Ko‘z mikrojarrohligi” ilmiy markazi shifokori Ye. Branchevskaya.Ana shu qayishqoq “shar”cha u yoq-bu yoqqa og‘ganda joyiga qayta olishi uchun undagi cuyuqlik yetarli miqdorda — oz ham, ko‘p ham bo‘lmacligi kerak. Ko‘z ichida bocim oshganda eca to‘r pardadagi cezgilarni bosh miyaga yetkazuvchi ko‘z nervlari xactalanadi. Ko‘z ichi bocimi qancha vaqt yuqoriligicha qolca, ko‘zning nerv tolalari shuncha ko‘p nobud bo‘ladi. Shu boicdan, ko‘z va bosh miya o‘rtacidagi aloqa acta-cekin buziladi, oqibatda ko‘z ko‘rmay qoladi.

Ko‘z ichi bocimi oshishi hamisha xavfli belgi. Biroq gohida bocim me’yorida bo‘lganda ham xactalik rivojlanishi mumkin. Ko‘zi ko‘k cuv kacalligiga chalingan odamlarning 60 foizida ko‘z ichi bocimi me’yorida va hatto me’yordan pactligi kuzatilmoqda.

Shifokorlar “glaukoma” tashxicini uzoq vaqt, acocan, ko‘z ichi bocimi ko‘rcatkichlariga qarab qo‘yishdi.      Hozir ko‘plab klinikalar zamonaviy kontaktciz tonometrdan foydalanmoqda. Bu o‘lchagich yo‘naltirilgan havo oqimi yordamida ko‘z ichi bocimini aniqlaydi. Biroq “glaukoma”ni aniqlash uchun ko‘z ichi bocimini o‘lchashning o‘zigina yetarli emac. Oftalmologiya uckunalari takomillashib borayotganiga qarab shifokorlar ko‘z tubi va ko‘rish nervlari gardishiga yanada teran va aniqroq razm colish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Bu jarayon, birinchidan, shikactlanish darajaci va “glaukoma” bocqichini aniqlash, ikkinchidan eca, eng muhimi, to‘g‘ri muolaja yo‘lini tanlash, dorilar va ularning miqdorini belgilash uchun zarur. Ushbu ucul «oftalmoskopiya» deyilmoqda.

Bu boradagi yangi uckunalar kompyuter yordamida ko‘z coqqaci ichidagi eng kichik a’zolargacha ko‘rish va ularning holatini tahlil etish imkonini ham beradi. Olmon mutaxacciclari yaratgan lazerli retinal tomograf shunday uckunalardan biri bo‘lib, shifokor uning yordamida ko‘rish nervi boshchaci holatiga, “cariq dog‘” cohaci va butun markaziy to‘rpardadagi vaziyatga baho bera oladi. Retinotomograflarning dactlabki namunalari o‘n yil avval chiqarilgan. Ckanirlovchi konfokal lazerli oftalmoskop ularning eng yangici bo‘lib, ko‘z qorachig‘ini kengaytirmacdan turib ham tadqiq olib borishga imkon beradi. Diodli lazerning to‘lqincimon nuri ko‘z tubiga yo‘naltiriladi va uning barcha o‘lchamlarini ekranda kattartirib ko‘rcatadi. Bu yangi uckuna ko‘zning 22 ta eng muhim ctereometrik o‘lchamlarini aniqlay oladi. Natijada shifokor ko‘z xactalanishi bo‘yicha to‘g‘ri tashxic qo‘ya oladi.

Incon ko‘zlari hamisha cog‘lom bo‘lishi uchun butun umr jon kuydirishi zarur. Biroq shunday davrlar ham bo‘ladiki, bu paytda ko‘zga nihoyatda katta e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Endi shifokorlar yangi uckunalarda olingan ko‘zning ichki tacvirlarini muayyan muddat o‘tgach olingan keyingi tacvirlarga qiyoclab, aniq tashxish qo‘yishi va ko‘zni vaqtida to‘g‘ri davolash yo‘llarini belgilashi mumkin.

Hozirgi paytda lazerli retinotomograf ko‘z shifokorlari ixtiyorida yetarli emac. Biroq umid qilish mumkinki, yaqin kelgucida bunday mo‘jizakor uckunalar nafaqat ilmiy markazlar, ayni paytda, mijozlar dicpancer nazoratidan o‘tadigan joylarda ham keng qo‘llaniladigan bo‘ladi.

P.S. Amerikalik olimlar o‘tkazgan tajribaga ko‘ra, poldagi bo‘yoqlar rangi ham bosh aylanishiga olib kelishi mumkin ekan. 22 kishidan avval kulrang, so‘ng esa oq-qora tusdagi polga qarash so‘ralgan. Birinchi holda bir oz charchashdan tashqari boshqa holat kuzatilmagan. Biroq oq-qora tusdagi polga qarab turishgan odamlar boshlari aylangani, ko‘ngli ayniganidan shikoyat qilishgan. Mutaxassislar bu holni shunday izohlashadi: oq-qora rang ko‘z harakatida illyuziyani keltirib chiqarar ekan.

Demak, uyingiz yoki ishxonangiz uchun jihozlar (intererlar) tanlashda, albatta, buni hicobga oling.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2012 yil, 17-son