Eng birinchi avtomashina

Ilk transport turi — yog‘ochdan ishlangan mototsikl 1885 yilda germaniyalik Gotlib Daymler tomonidan yasalgan bo‘lib, dvigateli benzin bilan harakatlangan. Oradan bir yil o‘tib, Karl Bents avtomobil deb hisoblash mumkin bo‘lgan uch g‘ildirakli transport turini yaratdi. Bundan ko‘p o‘tmay Daymler va Bents tomonidan to‘rt g‘ildirakli avtomashina yaratilishi tarix sahifalarida muhrlandi.
Parashut

1792 yilda Parij shahri atrofida Andre Garneren tomonidan yasalgan va uning o‘zi xavfli sakrashni amalga oshirgan. Andrening parashyuti matodan bo‘lib, bambuk ramkasiga o‘ralgan edi.

Velosiped

1888 yilda Jon Boyd Danlop yasagan velosiped yog‘ochdan bo‘lib, g‘ildiragi va temir shinasi antiqa ko‘rinishda edi. 1900 yildan boshlab yasalgan turli ko‘rinishdagi velosipedlar bugungidek shaklga yetib keldi. 1970 yillardan boshlab esa velopoygalar o‘tkazilmoqda.
Eng qadimiy galaktika topildi

Barcha galaktikalardan uzoqda joylashgan bu fazoviy go‘sha AQShning Chili va Kaliforniya universitetlari  hamkorligidi «Xabbl kosmik» teleskopi yordamida aniqlandi.

Shu paytgacha fanga noma’lum galaktika A1689-2D1 raqami bilan belgilandi, u Yerdan 13 milliard yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan ekan.

«Bunday yorug‘ galaktikaning paydo bo‘lganidan biz juda ham hayratdamiz. U katta portlashdan 700 million yil o‘tgandan keyin paydo bo‘lgan — deydi», Kaliforniya universiteti astrofizigi Gart Illingvort.

«Ma’rifat»dan olindi.