Dunyoning eng savodsiz mamlakatlari (2006)

Amerika qo‘shma shtatlari Markaziy Razvedka Boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Niger – hozirgi kundagi eng savodsiz mamlakatdir. Mamlakatda katta yoshdagi aholining 84 %i o‘qish va yozishni bilmaydi.

G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Faso davlati ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni band etgan (77 % aholi savodsiz).

Ko‘p yillik urushlar tufayli Afg‘onistonda ta’lim tizimi izdan chiqqan. Ma’lumotlarga qaraganda mamlakatning 64 foiz aholisi savodsizdir.

Mamlakat Katta yoshli aholi orasida savodsizlik, %
1 Niger 84.30%
2 Burkina-Faso 77.00%
3 Afg‘oniston 63.70%
4 Serra-Leone 63.70%
5 Gambiya 63.50%
6 Gvineya-Bisau 63.20%
7 Senegal 62.70%
8 Benin 62.50%
9 Efiopiya 61.30%
10 Mavritaniya 60.10%