Har kuni biron yumush bilan transportga chiqamiz. Yozning issiq kunlarida metropolitenda yurish ayni muddaodir. Yer osti transporti qulayligi, har qanday ob-havo sharoitida harakatlana olishi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Dunyodagi eng uzun metropoliten Nyu-York metrosi bo‘lib, uning 468 ta bekati mavjud. Metropoliten kuniga 4.3 million yo‘lovchiga xizmat qiladi. Bu dunyodagi eng katta yer osti temiryo‘l sistemasi hisoblanadi. New York Subway (uni shunday atashadi) 1904 yil, 27 oktyabrda ochilgan.
Ikkinchi eng uzun metropoliten Parijnikidir. Uning bekatlari soni 368 ta.
Dunyodagi eng uzun metropolitenlar ro‘yxati bilan tanishing:
№ | Shahar, davlat | Bekatlar soni |
1 | Nyu-York, AQSh | 468 |
2 | Parij, Frantsiya | 368 |
3 | London, Buyuk Britaniya | 270 |
4 | Tokio Yaponiya | 217 |
5 | Moskva, Rossiya | 171 |