Antiqa ma’lumotlar

AFRIKADAN ChEMPION YO‘Q

Yaqinda sport statistikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar antiqa ma’lumotga duch kelishdi. Unga ko‘ra, shu bugunga qadar o‘tkazilgan barcha qishki Olimpiada o‘yinlarida Afrika qit’asidagi davlatlardan hech bir sportchi g‘olib bo‘lmagan.

ANTIQA KO‘PAYTIRUV VA JAVOB

Matematikada antiqa ko‘paytiruvlar ko‘p uchraydi. Quyida ham ana shundaylardan biri bilan tanishasiz. 111111111x 111111111= 12345678987654321.

XITOY YaNA BIRINChI

Ma’lumki, Xitoy bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishchi kuchiga ega bo‘lgan davlat sanaladi. Xususan, ushbu mamlakatda 706 million ishchi kuchi mavjud. Bu esa butun Yevropa ahlidan uch, Shimoliy va Janubiy Amerika qit’alari aholisidan ikki barobar ko‘p demakdir.

BOY VA SAXIYLAR

Olimlar lyuksemburgliklarni, aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar deb topishdi. Qiziqarlisi, sayyoramizdagi eng saxiy kishilar ham mazkur davlat fuqarolari sanalarkan.

MILLION KIShIGA UChTA NOBEL

Eng iste’dodli kishilar irlandiyaliklar de­yishmoqda olimlar. Ularning aytishlaricha, har million irland fuqarosiga uch nafar Nobel mukofoti sovrindori to‘g‘ri kelishi bunga yaqqol misol bo‘la olar ekan.

SUPERShAHARLAR

Shaharda yashashni xohlaysizmi? Unda: Gvadelupa, Gibraltar, Monako, Nauri, Singapur va Bermud shaharlarini tavsiya etamiz. Sababi, bu maskanlar 100 foiz shahar talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli joylardir.

TASODIFIY BILIM

Kanada va amerikaliklar antiqa ma’lumotga duch keldilar. Unga ko‘ra, Kanada aholisining 5 foizi o‘z yurti madhiyasining boshidagi besh so‘zni bilmas ekan. Biroq Amerika madhiyasining boshidagi to‘qqizta so‘zni Kanadaning shuncha foiz aholisi bilarkan. Amerikaliklarning ham 7 foizi o‘z madhiyasining birinchi to‘qqizta so‘zini bilmaydi, lekin shuncha foiz aholisi Kanada madhiyasining boshidagi yetti so‘zni biladi.

ENG TILI UZUN HAYVON

Jirafa nafaqat bo‘yi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bo‘lib, tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat – ko‘pchilikning naz­dida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.

O‘zDJTU talabasi Bekzod HAYITOV tayyorladi.