O‘zbek adabiyotida dastlab, Xorazm, Buxoro, Toshkent va Qo‘qon adabiy muhiti doirasida ijodkorlar jamlangan bo‘lsa, bugungi kunda O‘zbek adabiyotiga Namangan adabiy muhiti degan kechimni kiritish vaqti bo‘ldi deb o‘ylayman. Negaki, Boborahim Mashrab, Chustiy, Muhammadsharif So‘fizoda, Is`hoqxon To`ra Ibrat, Usmon Nosirlar boshlab bergan adabiy jarayonni davom ettirib borayotgan ijodkorlar o‘tgan asr va bugungi kun uchun o‘ziga xos o‘ringa ega.
MUNDARIJA
Namangan adabiy muhitining oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni
Devona Mashrab: afsona va haqiqat
Shoir ijodiga bir nazar
Yangilangan anʼana
Ruhiyat tasviri
Ezgulikka ehtiyoj uygʻotuvchi satrlar
Moddiyatga evrilgan yovuzlik talqini
Qalb tafsiri – muhabbat sharhi
Sheʼr- koʻngil oynasi
Izlanishdagi ijodkor
Irfon yoʻlida
Yangi kitob – yangi dunyo
Namangan xalq dostonchiligi