Shuhrat. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 1-jild: She’rlar

Shuhrat. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. 1-jild: She’rlar. Turkumlar. To‘rtliklar. Hajvlar. Bolalarga. Tarjimalar. So‘z boshi muallifi: M. Qo‘shjonov. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.

Qo‘lingizdagi ushbu kitobga atoqli adib va shoir Shuhratning turli yillarda yozilgan she’rlari jamlandi. Muallifning «Jangchi bloknoti», «Kavkaz daftari», «Dunay sohillarida», «Odamlar va obidalar» turkumlari shoir ijodida alohida ijodiy bosqich bo‘ldi. Bu majmuadan uning bolalarga atalgan she’rlari, hajvlari, to‘rtliklari va tarjimalari o‘rin olgan.