Abdulhamid Parda (1958)

Abdulhamid Parda 1958 yil 17 yanvarda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. «O‘zteleradiokompaniya»da muxbir, tarjimon, katta muharrir, «O‘zbekiston matbuoti» jurnali bo‘lim muharriri, «Ishonch» gazetasida muxbir, mas’ul kotib, «Jahon adabiyoti» jurnalida bo‘lim muharriri, mas’ul kotib bo‘lib ishlagan. “Oltin davomi…

Dushan Fayziy (1927-2009)

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi. 1927 yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini bitirgan. “Mening tug‘ilgan kunim”, “Zafaron ohanglari”, “Sening qalbing”, “Muhabbat xayollari”, “Ulug‘lik”, “Temurnoma”, “Munojot” singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir 2009 yilda vafot etgan. SINIQ BIR ARMON Peshonaga yozug‘lik ekandir hijron, davomi…

To‘lqin (1938-1996)

To‘lqin 1938 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Jilg‘alar”, “Sevgim”, “Buloq qo‘shig‘i”, “Yuragimni izlangiz”, “Yulduzlar to‘kilmaydi”, “Umrdan hadya”, “Sochilgan sirlar”, “G‘unchalar” kabi kitoblari nashr etilgan. Shoir 1996 yilda vafot etgan. SAVOLLAR GIRDOBI Har oqshom uxlashing davomi…

Yusuf Shomansur (1936-1978)

Yusuf Shomansur 1936 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida hamda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Uning “Mehringga to‘ymayman”, “Qalam va umr”, “Yuragim”, “Tabassum”, “Qiziq-qiziq”, “Dostonlar” nomli qator she’riy to‘plamlari, “Qora marvarid” romani nashr etilgan. Yusuf davomi…

Sayyor (1934-2001)

Sayyor 1934 yilda tug‘ilgan. Moskvadagi Adabiyot institutini tamomlagan. Ijodkorning “Qalb harorati”, “O‘ttiz yoshim”, “Fidoyingman”, “Boshsiz haykal”, “Musaffo fasl”, “Dengizdan tomchilar”, “Chorraha” singari she’riy, “Hulkar”, “Uyqudagi tosh”, “Odam borki” kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. Shoir 2001 yilda vafot etgan. DUNYo EKAN davomi…

Xurram Rayimov (1950)

Xurram Rayimov 1950 yilda tug‘ilgan. Termiz davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini bitirgan. Ijodkorning “Mohitobonim”, “Qo‘sh­qanot”, “Mehrigiyo”, “Oq tulpor”, “Qalbimdagi qush” singari she’riy, “Yurak uxlamaydi” publitsis­tik kitoblari nashr etilgan. OYMOMO Hoy, oymomo, oymomo, Senla go‘zal keng samo. Gulday yoshingga davomi…