Anvar Obidjon. Buzoq guvohlikka chaqirilsin! (hajviya)
Xurmo ostidagi so‘rida oydindagi oqilondek qazilanib yotgan Oymamatning halovatiga vijirloq xotini yana putur yetkazdi. «Qosh qorayib qolyapti, buzog‘imiz yaylovda tunamasin endi», degan sibizg‘asimon tovush uning qulog‘iga suvaraklar galasidek yoprilib kirib, miyasini timdaladi. Tilining uchiga to‘plangan sassiq so‘zlarni so‘lakka qo‘shib tuflagach, davomi…