Sakit Ilkin (1959)

Sakit Ilkin (Sakit İlkin) – Shahbozov Sakit Mammadali o‘g‘li 1959 yilda Ozarbayjonning Yordamli rayonida, Nisoqal’a qishlog‘ida tug‘ilgan.
Ozarbayjon pedagogika universitetini tamomlagan.
Ozarbayjon yozuvchilari, jurnalistlari uyushmalari a’zosi. Olti she’riy kitob muallifi.

YuRAK OROMIN TOPSIN!

Bir kun meni senga o‘ldi desalar,
Unutmagil ishqing bilan ko‘mildim.
Qabrimga kelmagil, o‘tingda yonar,
Quyosh kuyib ketgan, men ham kuliman.

Xotirangni olib ketay o‘zimda,
Ishqim sinalgandir, o‘z to‘zimimda,
Bir malak singari xayolingda man,
Ahdimga vafo bor, har bir so‘zimda.

O‘t bo‘lib yondirar bir kuni seni,
Boqishim o‘ldirar bir kuni seni,
Ko‘z yoshlaring sel-sel qilib ketursan,
Muz-muz bo‘lib muzlatar bir kun seni…

UMRIMNI

Ko‘ngil ko‘zi qornim kabi to‘q bo‘lib,
Og‘ir kunim, do‘st ozayib yo‘q bo‘lib,
G‘amlarim quvonchimdan ko‘p bo‘lib,
Hayron yashayapman gulday umrimni.

Sevmaganni sevgan menmi dunyoda,
Bog‘larimda gul o‘smasmi dunyoda,
Dardlarimdan to‘yganmanmi dunyoda,
Sayron, sayron yashayapman dunyoda.

Yaralangan dilim kabi umrni,
Xarjladim bir qush kabi umrimni,
Qurbon berib balolarga umrimni,
Muhabbatga ko‘mdim shunday umrni.

Qucha-qucha, olam kabi sevdim men,
Qo‘rigancha qalam kabi sevdim men,
Jondan suygan bolam kabi sevdim men,
Seva-seva yashayapman umrimni.

OZARBAYJON BAYROG‘I

Ilhom olar borlig‘im, shuhratingdan, shoningdan,
G‘alaba deb qanchalar yigit kechmish jonida,
Yuzlaring qizargani, shahidlarning qonidan,
Do‘stlar uchun malhamsan, yovga alam qiyog‘i,
Ozarbayjon bayrog‘i.

Boqma kuzduzdir kecha, har onimda dolg‘alan,
Yaradorman yo sog‘man, har holimda dolg‘alan,
Go‘ychamda, Darbandimda, Borchalimda dolg‘alan,
Cho‘qqisidan boqadi, seni sevgani tog‘i,
Ozarbayjon bayrog‘i.

Seni ko‘p sevar Lochin, Kalbasar, Shusha, Oqtom,
Fuzuliy va Qubadlim Jabrailim deydi jon,
Boshim uzra dolg‘alan, to‘ladi Qorabog‘ing,
Ozarbayjon bayrog‘i!

Jonim, sevganim Vatan, yarangga qurbon sening,
Yot ellardan olingan qal’angga qurbon sening,
Qancha shahid bolang bor, bolangga qurbon sening,
Dolg‘alan Qorabog‘da, dahshatga tushsin yog‘iy,
Ozarbayjon bayrog‘i!

SEVDIM

Bilasanmi, nega seni sevdim, azizim,
Tozalik, haqiqatni, sandagi u diqqatni…
Qadrlagan ulfatni, sof, toza muhabbatni,
Ko‘zlaringda hasratni, ko‘nglingda marhamatni.
Neni, neni, nelarni, sasingning ohangini, .
Atirli nafasingni, nozik qo‘lingni sevdim…
Manga dalli so‘zlading, o‘sha dallini sevdim…
Yana nimani sevdim?
-Meni mamnun aylagan quvnoq kulishlaringni.
Xayollarimni olgan, shirin ko‘rishlaringni…
Go‘zal turishlaringni, dunyoning ishlarini.
Yana neni, nelarni…
G‘uncha dudog‘ingdagi, halim tabassumlarni,
Tamannosiz, falonsiz kelishlaringni sevdim…
… Sevaman!!! – so‘ylaganda yanoqlaring qizardi…
So‘rdim: “Balli” so‘ylading…
Shirin tildan to‘kilgan saning “balli” ni sevdim.
Bir abirli uyatchan bir san boringni sevdim…

Dilbar Haydarova tarjimasi