O‘zbekiston Jahon tillari universitetiga AQSh elchixonasi tomonidan 1112 ta kitob taqdim etildi

7 noyabr kuni AQSh elchisi Pamela Spratlen O‘zbekiston Jahon tillari universitetiga tashrif buyurib, turli mavzudagi kitoblarni sovg‘a qildi. Tadbirda universitet rektori G‘anisher Rahimov ishtirok etdi.

Hadya qilingan kitoblardan Jahon tillari universiteti qoshidagi Chet tillarni o‘qitishda innovatsion uslublarni rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyuuruvchilar hamda Jahon tillari universiteti talaba va professorlari foydalanishi mumkin.

AQSh elchixonasi tomonidan Chet tillarni o‘qitishda innovatsion uslublarni rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markaziga 460 ta kitob (o‘qituvchilarga mo‘ljallangan zamonaviy, amaliy faoliyatga oid qo‘llanmalar, ikkinchi tilni o‘zlashtirishga oid kitoblar, ingliz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘rgatish bo‘yicha taniqli mualliflarning grammatika va metodikaga oid kitoblari) taqdim etildi.

O‘zbekiston Jahon tillari universitetiga 712 ta kitob (o‘qituvchilarga mo‘ljallangan zamonaviy, amaliy faoliyatga oid qo‘llanmalar, ingliz tili grammatikasi va metodikaga oid kitoblar, mashhur mualliflar qalamiga mansub badiiy asarlar) hadya etildi.