Toshkentda Amir Temur haqida ilk she’riy roman chop etildi

20 dekabr kuni Toshkentdagi “Kitob olami” majmuasida Oraz  Abdurazakovning Sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan “Povelitel” (Hukmdor) she’riy romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Rus tilidagi mazkur asar yetti qismdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan yirik polotnoning dastlabki jildidir. Marosim avvalida “Ilhom” teatrining aktyori Vladimir Yudin davomi…

Vladimir Tyurdenev: “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi izchil rivojlanmoqda”

20 dekabr kuni Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirokida an’anaviy matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjuman avvalida Anqaradagi terrorchilik xuruji oqibatida halok bo‘lgan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov xotirasiga sukut saqlandi. Shundan keyin elchi V.Tyurdenev davomi…

AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni O‘zbekistonda bo‘ldi

13-15 dekabr kunlari AQSh Markaziy qo‘mondonligi Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, general Maykl Garret bir guruh maslahatchi va yordamchilar bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. “Mazkur tashrif xavfsizlik bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorligimiz doirasida O‘zbekiston hukumati va Mudofaa vazirligi bilan yuqori darajada olib borilayotgan muloqot davom etayotganidan davomi…

Toshkentda ilk bor “Birlashgan millat yengilmas” fortepiano kompozitsiyasi namoyish etiladi

Joriy yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida toshkentlik iqtidorli sozanda Artyom Pak ishtirokida fortepiano musiqa kontserti bo‘lib o‘tadi. Madaniy tadbir AQShning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida uyushtirilmoqda. Musiqiy kecha davomida O‘zbekistonda ilk bor Frederik Rjevskiyning “Birlashgan millat yengilmas” kompozitsiyasi ijro etiladi. davomi…

Germaniyada suratga olingan ovozsiz kinodurdona Jizzax va Gulistonda namoyish etiladi

Olmon ijodkorlari suratga olgan “Chig‘anoqlar malikasi” nomli ovozsiz kinokomediya durdonasi 19-20 dekabr kunlari Jizzax va Guliston shaharlarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar beradi. Mazkur film 2013 yili Toshkent va Farg‘ona vodiysida davomi…

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining Yevropa va Amerika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, mamlakat parlamenti a’zosi Alan Dunkan O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 16 dekabr kuni xabar berdi. Shu tariqa Alan Dunkan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev inaguratsiyasidan davomi…

Ozarboyjon: “O‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv 1 sutkada 33 bora buzildi”

Armaniston Qurolli kuchlari o‘t ochishni to‘xtatish borasida Ozarboyjon bilan kelishuvni 33 marotaba buzdi. Bu haqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 15 dekabr kuni xabar beradi. Qayd etilishicha, ikki o‘rtadagi front chizig‘ining turli nuqtalarida Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalarini Armaniston tomonidan yirik kolibrli davomi…

Mavlut Chovusho‘g‘li: Xorijda FETÖga tegishli saksonga yaqin tuzilma yopildi

Dunyoning 12 mamlakatidagi FETÖ terrorchi tuzilmasiga qarashli 79 ta tuzilma (o‘quv dargohlari, nodavlat tashkilotlari) yopildi yoki davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Onado‘li axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma’lum qilgan. Vazir ayni paytda terrorchilikda ayblanayotgan Fathulla davomi…

Gurbanguli Berdimuhamedov: “Turkmanistonning betaraflik maqomi hamkorlik uchun yangi ufqlar ochadi”

12 dekabr kuni Turkmaniston Betaraflik xalqaro huquqiy maqomini olganiga 21 yil to‘ldi. Mazkur sana mamlakatda keng tantana qilindi, deb xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi. Xususan, poytaxt Ashxabodda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida Betaraflik monumentiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda davomi…

Erik Utembayev: “O‘zbekiston Qozog‘iston tashqi siyosatida muhim o‘rin egallaydi”

Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti ko‘p jihatdan ulkan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga ega O‘zbekiston bilan hamkorlik darajasi va sifatiga bog‘liq. Shu bois Qozog‘iston o‘z tashqi siyosatida O‘zbekiston  bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor davomi…