www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari “Eng go‘zal hikoyatlar-2” tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda eng go‘zal, ibratli hikoyatlar tarjimalari hamda o‘zingiz hayotda ko‘rgan yoki yaqinlaringiz hayotida yuz bergan real ibratli hikoyalar bilan ishtirok etishingiz mumkin.
Tanlov tartibi:
Tanlov uchun o‘zingiz tarjima qilgan hikoyat(lar)ni yoki o‘zingiz hayotda ko‘rgan, yaqinlaringiz hayotida yuz bergan ibratli real hikoya(lar)ni chiroyli bayon qilib [email protected] pochtasiga yuboring. Materiallar 2018 yil 1 maydan 30 mayga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar Ramazon hayiti arafasida e’lon qilinadi.
Tanlovga turli tillardan qilingan tarjimalar qabul qilinadi. Olimlar, buyuk kishilar hayotidan ibratli lavhalar ma’qullanadi. Internet o‘quvchisi uchun qulaylik maqsadida qisqaroq hikoyatlar tanlansa maqsadga muvofiq.
Ishtirokchilar yuboradigan materiallar soni cheklanmagan. G‘oliblarni aniqlashda hikoyatning mazmuni, dolzarbligi, matnning badiiy xususiyatlari, manbaning ishonchliligi ham e’tiborga olinadi.
Tanlovga yuborilgan hikoyalar www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlarida e’lon qilinadi.
Tanlov talablari:
1. Hikoya avval boshqa manbalarda chop etilmagan bo‘lishi kerak. Buni Google qidiruvchida tekshirib olishingiz mumkin.
2. Hikoyaning manbasi va muallifi ko‘rsatilishi kerak. To‘qima hikoyalar qabul qilinmaydi.
3. Hikoya o‘zbek tilida chiqqan turli manbalardan ko‘chirilmagan bo‘lishi kerak.
4. Hikoya yuboruvchining o‘zi tomonidan tarjima qilingan bo‘lishi kerak.
5. Hikoya qaysi tildan tarjima qilinganligi ham yozilishi kerak.
Ushbu kitoblar g‘oliblar orasida taqsimlanadi:
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 6 jildli “Tafsiri hilol”
2. Safiyurrahmon Muborakfuriyning «Ar-Rahiqul maxtum» kitobi
3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 2 jildli “Islom tarixi” kitobi (3 dona)
4. Ahmad Lutfiy Qozonchining 4 jildlik “Saodat asri qissalari” kitobi
5. Ziyovuddin Rahimning «Baxtli hayot sari» kitobi.
Qo‘shimcha nominatsiyalar ham tashkil etilishi mumkin. Tanlovga homiylik masalalari bo‘yicha [email protected] pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.
2016 yili o‘tkazilgan “Eng go‘zal hikoyatlar” (329 ta hikoya yuborilgan) va “Eng ibratli hayotiy hikoyalar” (57 nafar muallif 93 ta hikoya bilan ishtirok etgan) tanlovlariga yuborilgan hikoyalar bilan ham tanishishingiz mumkin.
Tanlovga yuborilgan hikoyalar (to‘ldirib borilmoqda):
Avvalo, Vatan! (turkchadan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi)
Ibodati ortsa, rizqi ham ortadi! (turkchadan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi)
Oqko‘ngil odamlar orasida (Berdiqobil Xudoyqulov)
Huquqshunoslikdan shayxlikkacha… (arabchadan Ibrohimxo‘ja Rixsixo‘jayev tarjimasi)
Foyda badaliga to‘lov (arabchadan Sunnatulloh Abdulbosit tarjimasi)
Mo‘min Allohning nuri bilan qaraydi (arabchadan Muhammadiy Abdurahimov tarjimasi)
Qimmatli fatvo (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Aksi bo‘lishi mumkin edi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Sening sirting kir, mening esa – ichim (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Taxtdan tushish (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Baribir shu yerga keladi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Maydon tulkilarga qolmasin (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
O‘zini sahobaga tenglagan qori (arabchadan Robiya Mannobjonova tarjimasi)
Fitnes klubdagi qiz (inglizchadan Otabek Matqulov tarjimasi)
Sulaymon va gilam (turkchadan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi)
Sultonga dars bergan qul (turkchadan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi)
Sizni, otamni va yoqtirgan oyoq kiyimimni qoldirib keldim… (turkchadan Muhammad Mubiyn tarjimasi)
Qirmiz bargli og‘ochlar (Mansurxon Toirov)
Paranji (Mansurxon Toirov)
So‘nggi saboq (Mansurxon Toirov)
Tushdagi tashahhud (Abdulaziz Muhammad)
Farzandingiz tarbiyasini o‘zingiz buzmang! (Ummu Amina)
Otaning hidoyatiga sababchi bo‘lgan qizaloq (ruschadan Shahboz Rahmonov tarjimasi)
Farishta (inglizchadan Farangiz Salimova tarjimasi)
Durli marjon qissasi (arabchadan A’zamxon Abdurahmonov tarjimasi)
Baqlajondan o‘zini tiygan tolib (arabchadan A’zamxon Abdurahmonov tarjimasi)
Haloldan kelgan baraka (arabchadan A’zamxon Abdurahmonov tarjimasi)
Shirin kulchalar (Abdulatif Abdullayev)
“O‘z-o‘zidan yasalgan qayiq” (turkchadan Abdulatif Abdullayev tarjimasi)
Nodonlikning davosi yo‘q (turkchadan Abdulatif Abdullayev tarjimasi)
Najot qo‘ng‘irog‘ini kim bosgan edi? (turkchadan Abdulatif Abdullayev tarjimasi)
Otamning sabog‘i (Abdulatif Abdullayev)
“Namoz vaqti bo‘ldi, tur!” (turkchadan Vazira Shodiyeva tarjimasi)
Hazrat Ali va dushmani (turkchadan Vazira Shodiyeva tarjimasi)
Taqvodor o‘g‘ri (arabchadan Robiya Mannobjonova tarjimasi)
Chol va chegarachi (Akbarjon Abdulmajid)
Tarbiya (Akbarjon Abdulmajid)
Uchrashuv (Akbarjon Abdulmajid)
Oqibat (Akbarjon Abdulmajid)
Mushuk (Akbarjon Abdulmajid)
Irqchilikka munosabat (ruschadan Akbarjon Abdulmajid tarjimasi)
Mushtipar ona duosi (inglizchadan Otabek Matqulov tarjimasi)
Savobning a’losi (Boltaboy Muhammad Qurbon)
Birovniki borishda, birovniki kelishda (Boltaboy Muhammad Qurbon)
Abu Yazid va otasi (arabchadan Ibrohimxo‘ja Rixsixo‘jayev tarjimasi)
Oqil samuray (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Do‘stlik yolg‘iz yurmaydi (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Sevgidan voz kechilmaydi (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Baxt va boylik haqida (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Mevani bilmagan qizaloq (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Dunyo — shaytonning moli (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Kar, Ko‘r va Yalang‘och (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Iymonni pulga sotib olib bo‘lmaydi (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam! (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Ehtiyotingni qil, o‘g‘lim! (Muslim Mirzajonov)
Mashaqqatsiz rizq istagan odam (turkchadan Vazira Shodiyeva tarjimasi)
Toshbaqa nega qisilib qoldi? (Gulchehraxon Abdullayeva)
Dard yaqinlashtiradi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Maymun tuzog‘i (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Inson nimaga baqiradi? (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Xo‘rozni kim bo‘g‘izladi? (Hojiahmad Umurzoqov)
Nufaysa nima yoki faqirlar xizmatkori (turkchadan Vazira Shodiyeva tarjimasi)
Qo‘li ochiq ayol (turkchadan Nargiza Atabayeva tarjimasi)
Muso alayhissalom va lochin qushi (turkchadan Nargiza Atabayeva tarjimasi)
Bolalari och qolgan ota va tilanchi (turkchadan Nargiza Atabayeva tarjimasi)
Birovga chog‘ qazisang, o‘zing tushasan (turkchadan Nargiza Atabayeva tarjimasi)
Alloh oshig‘i (turkchadan Nargiza Atabayeva tarjimasi)
Malak va baliq (turkchadan Nargiza Atabayeva tarjimasi)
Rizq sendan, yo Rabbim! (turkchadan Nargiza Atabayeva tarjimasi)
Niyat pok bo‘lsa… (Sanjarbek Hamidov)
“Tuhfa”sini sharhladi — qiziga uylandi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
O‘yinchoq ona (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Menga biroz o‘tin to‘plang! (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Qabriga qayta kirdi (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Kibrning zarari (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Ubuntu (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Sukutning foydasi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Tavakkul darsi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Agar Ahmad seni chaqirmasa (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Namozini kechiktirib yuruvchi yigit (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Yana besh daqiqa (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Shaytonga o‘xshaganlar (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Ayolimning iymoni menikidan kuchli ekan (Ziyodulla Xoliqov)
Millatparvarlik (Farrux Qurbonqulov)
Dovuldan-da kuchli (inglizchadan Otabek Matqulov tarjimasi)
Bizga o‘xshab — bizdan bo‘lmagan (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Itoatning mevasi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Tog‘lardan quvvatliroq (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Birinchi muallim (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Vaqtida kelgan Allohning yordami (Ulug‘bek Ismonov)
Chekishni tark etgan tasvirchi (arabchadan ummu Yasmin va Mustafo tarjimasi)
Ramazon duosi (arabchadan ummu Yasmin va Mustafo tarjimasi)
Ilmga bag‘ishlangan umr (Muhsinjon Alimov)
Quvonchdan yoshlangan ko‘zlar (Muhsinjon Alimov)
Onajonim, meni kechiring (Sarvar Xurramov)
Tobut (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Zararli harflar (turkchadan Fatima Aliy tarjimasi)
Oqshomgacha yashashimni bilmasdim! (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
3 filtr (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Qizim eshik ochadi (turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi)
Ulamolarga ergashish (arabchadan Abdulla Kamolov tarjimasi)
Saxiylikning ajri (ruschadan Yoqub Umar tarjimasi)
Mashinani nega o‘rab qo‘yadilar? (ruschadan Yoqub Umar tarjimasi)
Saxiylik uchun 5 sabab (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Uylansammi, uylanmasammi? (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Mukammal ayol (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Ayolning ko‘z yoshlari (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Ona, qiz va kelin (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Kechirimli bo‘lish (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Insonning asosiy boyligi (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Kimni o‘qitish kerak? (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Donishmandning hayron qolgani (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Boy berilgan imkoniyatlar (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Boy va kambag‘alning farqi (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)
Biz sezmagan yonimizdagilar (ruschadan Xurshid Nurullayev tarjimasi)