Hafta voqealari №5: «Vaqf» jamoat fondi, o‘zgargan diniy qo‘mita, norozi talabalar, soxta DXX xodim o‘margan yarim million $

16 aprel kuni “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

16 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari buyicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Prezident qarori (PQ–3668) qabul qilindi. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 51 kishidan iborat yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.

17 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida videoselektor o‘tkazildi. O‘zbekiston hukumati bundan buyon majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda hodisa» sifatida ko‘rib chiqilishi, hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini majburiy jalb qilishni taqiqlash masalasi ko‘tarildi.

Bugun 23 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi delegatsiya samolyoti “Toshkent” xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Aeroportda faxriy qorovul saf tortgan. Turkmaniston rahbarini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Soxta davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Kogonlik fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan yarim million dollarni olib ketishdi.

Urganchdagi kollej o‘qituvchisi o‘quvchini oyoq kiyimi bilan kaltaklagani uchun ishdan bo‘shatildi.