Hamidulla Boltaboyev. Javohir shodaga qo‘shilgan gavhar
Milliy adabiyotimiz tarixi nafaqat adabiyotshunoslikka oid risola va tazkiralarda, bayoz va majmualarda, balki tarix kitoblarida ham aks etgan. Buning isboti uchun Rashididdinning “Jome’ ut-tavorix”idan Ogahiyning “Shohidi iqbol” asarigacha yuzlab tarixiy manbalarni ko‘rsatish mumkin. G‘iyosiddin Humomiddin o‘g‘li Xondamirning “Habib us-siyar fi davomi…