Valijon Qodirov, Akramjon Vahobov. “Boburnoma”dagi ta’rix — muammolar muammosi

“Boburnoma” ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir asarlar sirasidagi dunyoga mashhur bitikdir. Bu asar G‘arbu Sharqda katta qiziqish bilan o‘rganilgan, hozir ham unga qiziqish susaygani yo‘q. “Boburnoma”ni ommaviy chop etish muallifning avlodlari bo‘lmish biz o‘zbeklardan oldin G‘arb olimlariga nasib bo‘lgan. XIX asr davomi…